Kredit maqsadi | Ochiq/yopiq kredit liniyasi orqali aylanma mablag‘larni to‘ldirish maqsadida; |
Kredit valyutasi | UZS, USD, EUR, RUB |
Kredit summasi*** | Mijozlarning kredit qobiliyatiga asoslangan (O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi bo‘yicha CС reytingdan past bo‘lmagan); |
Foydalanish muddati* | Xorijiy moliya institutlari mablag‘lari – moliya institutlari shartlariga asosan;
Boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan – 12 oygacha/36 oy muddatgacha Bosh kelishuv imzolagan holda individual kredit shartnomalariga asosan 12 oygacha bo‘lgan muddatga jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan; |
Imtiyozli muddat** | Xorijiy moliya institutlari mablag‘lari – moliya institutlari shartlariga asosan;
Boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan - 3 oygacha yoki jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan; |
Moliyalashtirish manbai | Xorijiy moliya institutlari va boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan; |
Kredit taqdim etish shakli | Mahsulot yetkazib beruvchining hisobvarag‘iga pul o‘tkazish yo‘li orqali; |
Foiz stavkasi**** | “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ajratiladigan kreditlar, faktoring va lizing amaliyotlari bo‘yicha foiz stavkalari”ga muvofiq belgilanadi yoki jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan; |
Foiz hisoblash shartlari | Foizlar xorijiy moliya institutlari va boshqa manbalar mablag‘lar shartlariga asosan o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan stavkada hisoblanadi; |
Samarali foiz stavkasi | Kredit mahsuloti ajratilishida belgilangan foiz stavkasi va resurs mablag‘lari narhi o‘rtasidagi farq; |
Asosiy qarz va foiz to‘lovlari to‘lash davri | Xorijiy moliya institutlari mablag‘lari – moliya institutlari shartlariga asosan;
Boshqa manbalar mablag‘lari hisobidan:
Asosiy qarz – imtiyozli davrdan so‘ng har oyda yoki jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan;
Foiz to‘lovi - har oyda yoki jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan; |
Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar |
1. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisobot (2-son shakl) ijobiy bo‘lishi;
2. O‘z mablag‘lari mavjudligi ko‘rsatkichlari ijobiy bo‘lishi;
3. Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalar bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorligi bo‘lmasligi;
4. Majburiyat bajarilishi ta'minoti sifatida qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan kafillik shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
5. O‘zaro aloqador korxonalarining muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
6. Muddati o‘tgan va kartoteka-2 qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;
7. KATM ma'lumotnomasiga asosan barcha tijorat banklari oldida “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
8. Asosiy hisob varag‘i mavjud bo‘lishi lozim. Ayrim hollarda, salohiyatli mijozlarni moliyaviy holati va kredit tarixini inobatga olib, ikkilamchi hisob varaq ochgan mijozlarga kredit ajratish mumkin. |
|
Mahsulot bo‘yicha ta'minot | Kredit summasining 125%dan kam bo‘lmagan miqdorda (Aloqador shaxslar uchun 130%); |
Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari va ushbu garov bo‘yicha qo‘yiladigan shartlar | Bankning ichki me'yoriy hujjatlarida belgilangan talablar asosida ko‘chmas mulklar; Avtotransport vositalari va maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan;
Uskunalar – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan; |
Nomulkiy ta'minot | Yuridik shaxslar kafilligi va/yoki kredit qaytarilmaslik xatari sug‘urta polisi va/yoki Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi kafilligi va/yoki boshqa turdagi ta'minotlar;
Kredit yuklamasi 100%dan yuqori bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlariga kredit ajratilishida qo‘shimcha kredit ta'minoti sifatida tadbirkorlik sub'ektlarining ulushi 50%dan kam bo‘lmagan ta'sischilari (jismoniy shaxs/yuridik shaxs) kafilligi olinishi lozim. Kredit yuklamasi 100%gacha bo‘lgan tadbirkorlik sub'ektlariga mazkur talab tavsiyaviy xarakterga ega. (Xususiy korxona, fermer va dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno). |