«STANDART»

Aylanma mablagʻlarni toʻldirish / UZS, USD, EUR

25 mlrd. soʻm
Kreditning maksimal miqdori
12 oygacha
Kredit muddati
3 oygacha
Imtiyoz muddati
Kelishuv bo'yicha
Milliy valyutada
Kelishuv bo'yicha
Xorijiy valyutada

Avtotransport (ishlab chiqarilgan yildan 4 yildan ortiq emas)
Ko'chmas mulk
Uskunalar (ishlab chiqarilgan yildan 2 yildan ortiq emas)
Kafillik
Sug'urta polisi
Maxsus uskunalar (ishlab chiqarilgan yildan 3 yil ko'p emas)

Kreditlashning asosiy shartlari

1

Kredit maqsadi

ochiq/yopiq kredit liniyasi orqali aylanma
mablagʻlarni toʻldirishga

2

Kredit valyutasi

xorijiy (AQSH doll., Yevro)
milliy valyuta (Soʻm)

3

Kreditlash riskining yuqori miqdori

25 mlrd.soʻmgacha

4

Kreditlash riskining minimal miqdori
(agar moliyalashtirish xorijiy moliya
institutlari mablagʻlaridan boʻlsa)

300 mln.soʻm

5

Kredit muddati

12 oygacha

6

Soʻralayotgan kredit asosiy qarzdorligi
boʻyicha imtiyozli davr

Bankning oʻz mablagʻlari hisobidan
xorijiy va milliy valyutada – 3 oygacha ;
Xorijiy bank kredit mablagʻlaridan
xorijiy valyutada – xorijiy bank
shartlariga muvofiq;

7

Asosiy qarz va foiz toʻlash tartibi

Bankning oʻz mablagʻlaridan milliy va
xorijiy valyutada ajratilgan kreditlar
uchun:
Asosiy qarzdorlik – imtiyozli davr
tugagandan soʻng har oyda
Foiz toʻlovi - har oyda
Xorijiy bank kredit mablagʻlaridan
xorijiy valyutada – xorijiy bank
shartlariga muvofiq;

8

Moliyalashtirish manbaalari

Bankning oʻz mablagʻlari;
Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari;

9

Kreditlash riskining minimal miqdori
(agar moliyalashtirish xorijiy moliya
institutlari mablagʻlaridan boʻlsa)

300 mln.soʻm

10

Foiz turi

Bankning oʻz mablagʻlari hisobidan –
oʻzgarmas
Xorijiy bank kredit liniyalari
hisobidan - oʻzgaruvchan

Yillik foiz miqdori:

11

Bankning oʻz mablagʻlari hisobidan milliy
valyutada (soʻm)

Markaziy bankning amaldagi asosiy
stavkasi + 8% dan kam boʻlmagan

Bankning oʻz mablagʻlari hisobidan
xorijiy valyutada (AQSH doll., Yevro)

12% dan kam boʻlmagan

Xorijiy bank kredit liniyalaridan

Xorijiy bank shartlari %+ bank marjasi
3%dan kam boʻlmagan miqdorda (AQSH doll)
Xorijiy bank shartlari %+ bank marjasi 4%dan kam boʻlmagan miqdorda (Yevro)

Tasdiqlash uchun foiz:
Xorijiy bank marjasi + bank marjasi
1% dan kam boʻlmagan miqdorda

Kreditlashnig qoʻshimcha shartlari

12

Korxona faoliyati

Davlat roʻyxatidan oʻtganiga bir yildan
oshgan korxonalar

13

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida
ochgan hisobvaragʻi

Asosiy hisobraqami boʻlishi

14

Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida xisobot
(2-son shakl) boʻyicha foyda mavjudligi

Ijobiy

15

Kredit yuklamasi koʻrsatkichi

100% dan koʻp boʻlmagan holda

16

Qoplash koeffitsiyenti

1 dan kam boʻlmagan xolda

17

Likvidlilik koeffitsiyenti

0,5 dan kam boʻlmagan xolda

18

Mustaqillik koeffitsiyenti

30% dan kam boʻlmagan xolda

19

Oʻz mablagʻlari mavjudligi (NSOS)

Ijobiy

20

EBIT yuklamasi

5 dan koʻp boʻlmagan xolda

21

EBITDA yuklamasi

8 dan koʻp boʻlmagan xolda

22

Mavjud kredit va unga tenglashtirilgan
operatsiyalar boʻyicha qarzdorligi

Muddati oʻtgan qarzdorlik boʻlmasligi

23

Soʻnggi 12 oy ichida asosiy qarz boʻyicha
oydan oyga muddati oʻtgan qarzdorlik
holatlar soni
(OʻzSQB tizimida)

5 tadan koʻp boʻlmagan holatda

24

Jami kredit taʼminoti:

Kredit summasining 125% dan kam
boʻlmagan miqdorda
(Aloqador shaxslar uchun 130%);

25

Mulkiy garov

Kredit summasining 100% dan kam
boʻlmagan miqdorda;

Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari
va ushbu garov boʻyicha qoʻyiladigan
shartlar

Koʻchmas mulk – har qanday;
Avtotransport vositalari – ishlab
chiqarilganiga 4 yildan oshmagan;
Maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga
3 yildan oshmagan;
Uskunalar – ishlab chiqarilganiga
2 yildan oshmagan;

26

Nomulkiy garov

Kredit summasining 25% dan kam
boʻlmagan miqdorda kafillik va/yoki
sug'urta polisi va/yoki boshqa turdagi
taʼminot.

Kafil korxonaga qoʻyiladigan talablar

27

Kafil korxona faoliyati

Davlat roʻyxatidan oʻtganiga bir yildan
oshgan korxonalar

28

Kafillik summasi

Kafil korxona oʻz mablag'lari manbalari
miqdorining 1,5 barobaridan oshmagan
miqdorda;

Kreditni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar
Kredit kafili uchun zarur hujjatlari
Kredit taʼminoti uchun mulk taqdim etilganda kerakli xujjatlar
  • Anketa;
  • Qarz oluvchining taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl);
  • Korxona faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi xujjat (litsenziya) nusxasi (agar mazkur faoliyat turi maxsus litsenziya talab qilingan hollarda);
  • Boshqa banklardagi hisob raqamlarining oxirgi 3 oylik aylanmasi toʻgʻrisida maʼlumot (agar soʻralayotgan kredit miqdori 2,5 mldr.soʻmdan yuqori boʻlsa);
  • Qarz oluvchining debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi (agar soʻralayotgan kredit miqdori 2,5 mldr.soʻmdan yuqori boʻlsa);
  • Qarz oluvchi korxona taʼsischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi;
  • Mahsulot yetkazib berish boʻyicha import shartnoma nusxasi (xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar buyicha talab etiladi).
  • Korxona taʼsis hujjatlari (agar kafil korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa);
  • Kafil korxona taʼsischilarining kafillik taqdim etish boʻyicha ijobiy qarori;
  • Taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot  (2-son shakl);
  • Kafil korxonaning boshqa banklardagi xisob raqamlarining oxirgi bir yil aylanmasi toʻgʻrisida maʼlumot (agar kafil korxonaning asosiy hisob raqamiga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa);
  • Kafil korxona nomidan, kafillik shartnomasini imzolash vakolatiga ega boʻlgan shaxsning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat nusxasi; 
  • Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining (agar mavjud boʻlsa) pasport nusxasi (agar kafil korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilgan taqdirda taqdim etiladi);
  • Hisobot davrining moliyaviy natijalari boʻyicha auditorlik xulosasi.
  • Mustaqil baholovchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga asosan rasmiylashtirilgan hisoboti;
  • Qarz oluvchi/Mulkni  garovga beruvchi uchinchi shaxsning hujjatlari (taʼsis shartnomasi, pasport va ustav);
  • Qarz oluvchi/ Mulkni garovga beruvchi uchunchi shaxs mulkdori (taʼsischilari) garov taʼminoti olishga roziligi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 18.03.2021 15:48

PSB Mobile Business

«Korporativ Internet Banking» tizimi orqali mijozlar o’z hisob-raqamlarini dunyoning istalgan nuqtasidan 24/7 rejimida boshqarishlari mumkin.