YOSH VA AYOL TADBIRKORLAR uchun krediti

yosh va ayol tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini rivojlantirish maqsadida

YOSH VA AYOL TADBIRKORLAR uchun krediti
Mahsulot haqida
Step icon

100 000 AQSh dollari ekvivalentigacha

Kreditning maksimal miqdori

Step icon

Individual belgilanadi

Kredit muddati

Step icon

6 oygacha

Imtiyozli davr

Step icon

UZS,USD, EUR

Kredit valyutasi

Step icon

Mikro, kichik va o‘rta biznes

Kimga to'g'ri keladi

Step icon

23 % dan boshlab

Foiz stavkasi

Kredit olish oson!
Steps icon

Bankning oʻzingizga eng yaqin ofisini tanlang va maslahat oling

Steps icon

Kerakli hujjatlarni taqdim qiling

Steps icon

Hujjatlarni imzolang va joriy hisob raqamiga pul oling

Batafsil shartlar
  • Kredit asosiy shartlari
  • Kerakli hujjatlar
  • Mijozga qo‘yiladigan asosiy talablar
Asosiy ma'lumotlar

Kreditning maqsadi:

  • Aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun;
  • Asosiy vositalar sotib olish uchun;
  • Bino-inshootlar sotib olish uchun;
  • Yoshlar sanoat zonalarida Sanoat ipotekasi asosida barpo etilgan tayyor ishlab chiqarish bino-inshootlarini sotib olish uchun.

Valyuta:

  • Milliy valyuta (so‘m);
  • Xorijiy valyuta (aqsh dollari, yevro).

Kredit miqdori:

Mahsulot doirasida 100 000,0 AQSH dollari ekvivalentigacha;

(Bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun 100 000,0 AQSH dollari ekvivalentigacha
(Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5088-sonli va 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-400-sonli qaror talablari doirasida Hukumat komissiyasining qaroriga asosan bir yosh tadbirkorlik subyekti uchun 100 000,0 AQSH dollari ekvivalentidan yuqori va 500 000,0 AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda belgilashi mumkin)
).

Kredit muddati:

Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun:

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan: 18 oygacha (36 oygacha individual kredit shartnomasi asosida).

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan: jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan.

Asosiy vositalar sotib olish uchun:

Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan: 36 oygacha.

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan: 84 oygacha (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5088-son qarori talablariga asosan).

Umumiy shartlar:

Maksimal kredit muddati: 120 oygacha (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-400-son qarori talablariga asosan).

    Foiz stavkasi:

    1. Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan:

    Milliy valyutada:
    Yosh tadbirkorlik subyektlari uchun – yillik 24%;
    Ayol tadbirkorlik subyektlari uchun – yillik 23%;
    Xorijiy valyutada:
    Yillik 14%.

    2. Jalb qilingan liniyalar hisobidan:

    Xorijiy va milliy valyutada: liniya shartlari + 4% bank marjasi;
    Agar normativ huquqiy hujjatlarda maqsadli resurslar uchun foiz stavkasi va bank marjasi aniq belgilangan bo‘lsa, mazkur foiz stavkasida;
    Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ va boshqa jamg‘armalarning kompensatsiyalaridan foydalanish imkoniyati mavjud.

    Kreditni ta'minoti:

    Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda mulkiy garov va/yoki pul mablag‘lari ta’minoti
    (Aloqador shaxslar uchun 130%);

    Kredit bo‘yicha dastlabki mulkiy garov kredit summasining 70%idan kam bo‘lmagan miqdorda, mulkiy garovning qolgan qismi, ya’ni kredit summasining 55%dan kam bo‘lmagan garov obyekti kredit hisobiga sotib olinayotgan asosiy vositalar mijoz nomiga rasmiylashtirilganidan keyin garovga olinishi mumkin.
    Bunda garovga taqdim etilgunga qadar sug‘urta polisi yoki kafillik taqdim etiladi.
    Mazkur shart bajarilmagan hollarda kredit mulkiy ta’minot miqdori kredit summasining 125%dan kam bo‘lmasligi lozim.

    Mulk garovining maqbul turlari va uning shartlari:

    • Bankda o‘rnatilgan talablar asosida ko‘chmas mulklar;
    • Avtotransport vositalari – ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan
      (bunda, hisoblash jarayonida ishlab chiqarilgan yili birinchi yil hisoblanadi);
    • Maxsus texnikalar – ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan
      (bunda, hisoblash jarayonida ishlab chiqarilgan yili birinchi yil hisoblanadi);
    • Uskunalar – ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan
      (bunda, hisoblash jarayonida ishlab chiqarilgan yili birinchi yil hisoblanadi);
    • Pul mablag‘lari (ajratilayotgan kredit valyutasida).

    Nomulkiy garovning maqbul turlari va uning shartlari:

    • Kredit qaytarilmaslik xatari uchun sug‘urta polisi.
    • Uchinchi yuridik shaxs kafilligi.
    • Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi AJ kafilligi.
    Yuridik shaxs maqomiga ega bo 'lgan xo' jalik yurituvchi subyektlarga:

    1.           Ariza

    2.           Qarz oluvchi korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (Bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar DSI ma‘lumotlar bazasidan elektron olingan hollar hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);

    3.           Oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (mijoz moliyaviy faoliyat davri ushbu davrni qoplamagan holatlarda hisobot oyining 1 kuniga tayyorlangan tezkor buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti);

    4.           Qarz oluvchi korxona ta‘sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);

    5.           Yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi va pasport nusxasi;

    6.           Boshqa banklardagi hisobraqam aylanmasi to‘g‘risida ma‘lumot;

    7.           Mahsulot oldi-sotdi yuzasidan rasmiylashtirilgan shartnomalar;

    8.           Garov obyekti bo‘yicha mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;

    9.           Garov obyekti ko‘chmas mulk bo‘lgan taqdirda kadastr hujjati (ko‘chirma va kadastr pasporti). Shuningdek, yer uchastkasiga bo‘lgan huquq ijara bo‘lgan holatlarda ijara shartnomasi;

    10.        Garov obyekti avtotransport vositalari bo‘lgan taqdirda transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (texnik pasport);

    11.        Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs (korxona) ta‘sischilarining kredit ta’minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi;

    12.        Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning ta’sis hujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);

    13.        Mulkni garovga beruvchi uchinchi jismoniy shaxs pasport nusxasi, uchinchi yuridik shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining (mavjud bo‘lsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);

    14.        Loyiha xususiyatidan kelib chiqib qo‘shimcha xujjatlar talab qilinishi mumkin.

    Kredit ta‘minoti sifatida kafillik taqdim etilganda (Yuridik shaxs maqomiga ega yoki ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari):

    1.           Kafil korxona ta‘sischilarining kafillik taqdim etish bo‘yicha roziligi;

    2.           Kafil korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisoboti (Bank tomonidan 1 va 2-sonli shakllar DSI ma’lumotlar bazasidan elektron olingan hollar bundan mustasno)

    3.           Kafil korxonaning oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida xisoboti (Agar korxona oxirgi moliyaviy yildan so‘ng davlat ro‘yxatidan o‘tgan yoki oxirgi moliyaviy yildan so‘ng kredit mablag‘lari olgan bo‘lsa);

    4.           Kafil korxonaning ta‘sis xujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);

    5.           Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining (agar mavjud bo‘lsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat ko‘rsatilsa);

    Kafil korxonaning Boshqa banklardagi hisobvaraq aylanmasi, kartoteka qarzdorligi to‘g‘risida ma’lumot;



    Qarz oluvchining kredit yuklamasi asosiy vositalarni sotib olish uchun 150%dan va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 200%dan oshmasligi lozim. (Mazkur talablar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-400-sonli Qaroriga asosan moliyalashtirilayotgan loyihalar, shuningdek, yuridik shaxslar kafillik bergan holatlar uchun qo‘llanilmaydi.)

    Yuridik shaxs kafillik bergan hollarda kafillarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

    • Kafil korxonalar soni 2 tadan oshmasligi kerak.
    • Qarz oluvchi va kafil (yoki kafil korxonalar)ning birgalikdagi kredit yuklamasi asosiy vositalarni sotib olish uchun 150%dan va aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 200%dan oshmasligi lozim.
    • Kafillik summasi kredit miqdorining kamida 125%ini tashkil qilishi lozim (agar kafillar ikki bo‘lsa, har biri kredit summasining kamida 125%iga kafillik berishi kerak).
    SQB BUSINESS
    SQB BUSINESS

    Uyingizdan chiqmasdan oʻz biznesingizni boshqaring

    Batafsil
    Depozitlar
    Depozitlar

    Qoʻshimcha foyda olish uchun yuqori daromadli depozitlarni oching

    Batafsil
    Transchegaraviy oʻtkazmalar
    Transchegaraviy oʻtkazmalar

    Dunyo bo‘ylab tez va xavfsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshiring

    Batafsil
    Korporativ kartalar
    Korporativ kartalar

    Barcha biznes xarajatlarini toʻlash uchun qulay vosita

    Batafsil
    Ish haqi loyihasi
    Ish haqi loyihasi

    Xatarlarni minimallashtirish orqali xodimlarning kartalariga ish haqini kiriting

    Batafsil
    Savdo ekvayringi
    Savdo ekvayringi

    Biznesni rivojlantirish uchun kelajak mijozlar doirasini kengaytiring

    Batafsil
    Biznes kreditlari
    Biznes kreditlari

    Biznesni yaratish va rivojlantirish uchun foydali kredit mahsulotlari

    Batafsil

    Oxirgi yangilanish sanasi: 28.11.2024 18:21  
    up