Individual belgilanadi
Kreditning maksimal miqdori
180 kungacha
Kredit muddati
UZS
Kredit valyutasi
2,17 % dan
Kredit stavkasi milliy valyutada
Kreditning maqsadi:
yetkazib berilgan tovar/mahsulotlar bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarini (kontragent) moliyalashtirish
Valyuta:
so'm
Kredit muddati:
mijoz va Kontragent o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi/yetkazib berish shartnomasida ko‘rsatilgan to‘lov muddatigacha (umumiy muddat 180 kundan ortiq bo‘lmasligi lozim).
Foiz stavkasi:
1 oy uchun – 2,17%
2 oy uchun – 4,34%
3 oy uchun – 6,5%
4 oy uchun – 8,67%
5 oy uchun – 10,84%
6 oy uchun – 13,0%
Kredit miqdori:
Mijoz va Kontragent o‘rtasida imzolangan shartnoma qiymatining 70 %idan ortiq bo‘lmagan miqdorda.
Kreditni ta'minoti:
Talab etilmaydi
Kontragent:
1. ariza;
2. tovar/mahsulotlar yеtkazib berish bo‘yicha shartnomalar nusxalari;
3. solishtirma dalolatnoma;
4. hisob-faktura.
Mijoz:
1. Mijozning tegishli davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri (choraklik, yillik) uchun taqdim qilgan buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), debitor-kreditor qarzdorliklari yoyilmasi (Bank tomonidan dasturiy ta’minot orqali ma’lumotlar olinganda talab etilmaydi);
2. har bir kontragentning debitorlik qarzdorligini tan olganligini hamda Bank tomonidan qo‘yilgan to‘lov talabnomasi akseptlanganligini tasdiqlovchi hujjat. (Bank tomonidan dasturiy ta’minot orqali ma’lumotlar olinganda talab etilmaydi).
3. Zaruriyatga qarab mijoz va kontragentdan qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin