Faktoring

“Factoring”


Korporativ mijozlarga “Factoring” mahsulotini taqdim etish shartlari

  • Kreditlash shartlari
  • Kerakli hujjatlar
  • Kreditni taʼminoti

Maxsulotni taqdim etishning asosiy shartlari

1

Maqsadi

Faktoring amaliyotlarini koʻrsatish (debitorlik qarzdorlikni sotib olish) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Tijorat banklari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida faktoring operatsiyalarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” gi Nizomining (roʻyxat raqami 953, 03.08.2000-yil) 1.6.bandida koʻrsatilgan talablar asosida

2

Valyutasi

milliy valyuta (soʻm)

3

Moliyalashtirish manbaasi

Bank oʻz mablagʻlari; Jalb qilingan mablagʻlar

4

Muddati

90 kungacha

5

Riskning yuqori miqdori

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibi boʻyicha toʻlovchi uchun belgilanadigan mikdorgacha ammo debitorlik qarzdorligi summasidan oshmagan holda

Foiz miqdori (diskont)

6

Bankning oʻz mablagʻlari hisobidan milliy valyutada (soʻm)

Bank tizimida kredit va unga tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash boʻyicha Boshqaruv qarorida oʻrnatilgan miqsorda

Faktoring xizmatini koʻrsatishning qoʻshimcha shartlari

7

Mijoz (mahsulot yetkazib beruvchi) faoliyati

Davlat roʻyxatidan oʻtganiga ikki yildan oshgan korxonalar

8

Mijozning asosiy hisobraqami

Asosiy hisobraqami “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida boʻlishi lozim

9

Faktoringni toʻlash tartibi

90 kun muddatda toʻlov topshiriqnoma boʻyicha kelib tushgan pul mablaglari hisobidan soʻndiriladi

10

Diskontni daromadga olish tartibi

Faktoringning soʻndirilishiga mutanosib ravish daromadga olinadi

Faktoring xizmatlarini koʻrsatishning toʻlovchi uchuy majburiy shartlari

11

Mavjud qarzdorliklari

Muddati oʻtgan kreditorlik qarzdorligining yoʻqligi

12

Korxona faoliyati

Davlat roʻyxatidan oʻtganiga ikki yildan oshgan korxonalar

13

Toʻlovchining oxirgi 12 oydagi oʻrtacha oylik pul tushumi hajmi (2-son shakl boʻyicha)

Faktoring summasining yarmidan kam boʻlmagan holda

14

Kartoteka 2 qarzdorligi

Qarzdorlik boʻlmasligi lozim (kartotekaga kirim silingan muddati uzaytirilgan sarzdorliklar hisobga olinmaydi - asos hujjatlar mavjud boʻlganda)

15

Kredit reytingi (layoqatliligi)

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi boʻyicha SS reytingdan kam boʻlmagan holda

16

Maqsadli ishlatilishi tekshiruvi

Talab etilmaydi

Mijoz tomonidan taqdim etilgan asosiy hujjatlar ro'yxati:
1. To'lovchining taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl);
2. To'lovchining barcha banklardagi mavjud hisob raqamlari ro'yxati, ularning oxirgi 1 yillik aylanmasi to'g'risida ma'lumot;
3. Debitorlik qarzdorlik yuzaga kelgan shartnomalar, qabul qilish topshirish dalolatnomalari nusxasi;
4. Aktseptlangan va bankga kirim qilingan to'lov topshiriqnomasi nusxasi;
5. Agar to'lovchi korxonaning asosiy hisob raqamiga boshqa bank tomonidan xizmat ko'rsatilsa:
a. To'lovchi korxona ta'sis hujjatlari
b. to'lovchi korxona ta'sischilarining korxona direktorini tayinlash bo'yicha qarori va korxona buxgalterini tayinlashi bo'yicha buyrug'i;
c. to'lovchi korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi;

Kredit ta'minoti sifatida kafillik taqdim etilganda
  • Talab qilinmaydi

Kredit ta'minoti sifatida mulk taqdim etilganda:
  • Talab qilinmaydi

Oxirgi yangilanish sanasi: 19.02.2021 18:02

PSB Mobile Business

«Korporativ Internet Banking» tizimi orqali mijozlar o’z hisob-raqamlarini dunyoning istalgan nuqtasidan 24/7 rejimida boshqarishlari mumkin.