Global limit kredit paketi

  • Kreditlash shartlari
  • Kerakli hujjatlar
  • Kreditni taʼminoti

Limitning mazmuni

Mijoz va unga aloqador shaxslar guruhining kredit reytingi asosida guruh uchun umumiy limit belgilanadi

Maqsadi

Limit doirasida Bankda mavjud barcha turdagi kredit mahsulotidan foydalanish

Valyutasi

UZS, USD, EUR, RUB

Muddati

Investitsiya maqsadidagi bitimlar, asosiy vositalarni sotib olish/modernizatsiya qilish, qurilish - 3 yilgacha ammo loyiha o'zini-o'zi qoplash muddatidan oshiq bo'lmagan muddatga;
Aylanma mablag'larni to'ldirish uchun - 3 yilgacha (individual shartnomalarga asosan har yili 12 oyda bir marta to'liq so'ndirish sharti bilan)

Miqdori

"O`zsanoatqurilishbank" ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibi bo`yicha belgilangan miqdorgacha

Kredit foiz stavkasi

bank o'z mablag'lari hisobidan ajratilganda - yillik 20%dan kam bo'lmagan stavkada (milliy valyutada);
bank o'z mablag'lari hisobidan ajratilganda - yillik 8%dan kam bo'lmagan stavkada (xorijiy valyutada);
xorijiy moliya institutlari mablag'lari hisobidan ajratilganda - Xorijiy moliya instituti marjasi+3%dan kam bo'lmagan bank marjasi

Garovga qo'yiladigan talablar

Limit summasining 125% miqdoridan kam bo'lmagan mol-mulk, pul mablag'lari, kafillik va boshqa ta'minot turlari (alohida mahsulot turlarida ko'rsatilgan talablarni inobatga olgan holda)

Potentsial qarz oluvchiga qo'yiladigan asosiy talablar

Davlat ro'yxatidan o'tganiga ikki yildan oshgan korxonalar; "O'zsanoatqurilishbank" ATB da asosiy yoki ikkilamchi hisobvarag'ining mavjudligi; Uzoq muddatli mahsulotlarda mijozning loyihadagi ulushi 30%dan kam bo'lmagan miqdorda; Moliyaviy hisoboti bo'yicha ijobiy natijaga ega bo'lishi; Joriy kreditlari bo'yicha muddati o'tgan qarzdorlik bo'lmasligi; "O'zsanoatqurilishbank" ATB tizimida ilgari olingan kreditlari bo'yicha oxirgi 12 oy ichida 5 tadan ko'p bo'lmagan muddati o'tgan qarzdorlikga yo'l qo'yilmagan bo'lishi lozim

Mijoz tomonidan taqdim etilgan asosiy hujjatlar ro'yxati:
1. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl);
2. Boshqa banklardagi mavjud hisob raqamlarining oxirgi 1 yillik aylanmasi to'g'risida ma'lumot (agar mavjud bo'lsa);
3. Mijozning ta'sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan limitni olish yuzasidan roziligi;
4. Sotib oluvchi bilan mahsulot etkazib berish bo'yicha tuzilgan shartnomalar nusxasi;
5. Sotib olinayotgan asosiy vositalar narxining jahon bozori konyunkturasiga mos kelishi bo'yicha akkreditasiyadan o'tgan xalqaro konsalting kompaniyasining xulosasi;
6. Kredit ajratish yuzasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan texnik iqtisodiy asosnoma
7. Agar kredit hisobidan qurilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo'lsa, unda:
a. qurilishning arxitektura rejalashtirish topshirig'i
b. qurlishning smeta hujjati
c. smeta hujjatiining ekspertizasi

Kredit ta'minoti sifatida kafillik taqdim etilganda:
1. Agar kafil korxonaning asosiy hisob raqamiga boshqa bank tomonidan xizmat ko'rsatilsa:
a. korxona ta'sis xujjatlari;
b. kafil korxonaning boshqa banklardagi hisob raqamlarining oxirgi bir yillik aylanmasi to'g'risida ma'lumot;
c. kafil korxona ta'sischilarining korxona direktorini tayinlash bo'yicha qarori va korxona buxgalterini tayinlashi bo'yicha buyrug'i;
d. kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi;
2. Kafil korxona ta'sischilarining kafillik taqdim etish bo'yicha ijobiy qarori;
3. Kafil korxonaning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl);

Kafil korxonaga qo'yiladigan talablar:
1. Kafil korxona - davlat ro'yxatidan o'tganiga bir yildan oshgan Bankning korporativ mijozi bo'lishi lozim 
2. Taqdim etiladigan kafillik summasi - Kafil korxona o'z mablag'lari manbaalari (balans hisoboti - 480 satr) miqdorining 1,5 barobaridan oshmagan miqdorda bo'lishi 

Kredit ta'minoti sifatida mulk taqdim etilganda:
1. Mustaqil baholovchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga asosan rasmiylashtirilgan hisoboti;
2. Mulk egasining ta'sis xujjatlari (ta'sis shartnomasi, Nizom va ustav – agar mulk 3-shaxsga tegishli bo'lsa);
3. Mulk egasi ta'sischilarining kreditning ta'minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (agar mulk 3-shaxsga tegishli bo'lsa).
  • Transport vositalari
  • Koʻchmas mulk
  • Uskunalar
  • Depozitlar
  • Boshqa likvid mulklar


Oxirgi yangilanish sanasi: 23.11.2020 10:57

PSB Mobile Business

«Korporativ Internet Banking» tizimi orqali mijozlar o’z hisob-raqamlarini dunyoning istalgan nuqtasidan 24/7 rejimida boshqarishlari mumkin.