main-image

Ish xaqini berish uchun kredit


“Salary” krediti

Yopish
Kredit shartlari

Mahsulotni taqdim etishning asosiy shartlari

1

Maqsadi

Ish haqi toʻlovlari uchun

2

Valyutasi

Milliy valyuta (sum)

3

Moliyalashtirish manbalari

Bankning oʻz mablagʻlari;

4

Muddati

12 oygacha bosh kelishuv asosida, alohida 45 kundan oshmagan mudsatga individual kredit shartnoma tuzish orqali*

5

Riskning maksimal mikdori

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibi boʻyicha belgilanadigan mikdorgacha

6

Asosiy qarzdorlik boʻyicha imtiyozli davr

mavjud emas

7

Asosiy qarz va foizlarni toʻlash davriyligi

Individual kredit shartnomasining oxirgi muddatida soʻndiriladi

8

Foizi

Bank tizimida kredit va unta tenglashtirilgan operatsiyalarning foiz stavkalarini belgilash boʻyicha Boshqaruv qarorida aylanma mablagʻlar uchun oʻrnatilgan miqdorda

Qoʻshimcha shartlar

9

Mijoz faoliyati

Davlat roʻyxatidan oʻtganiga bir yildan oshgan korxonalar

10

Mijoz hisobraqami

Asosiy hisobraqami “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida boʻlishi lozim

11

Moliyaviy natijalar toʻgʻrisida xisobot (2-son shakl) boʻyicha foyda mavjudligi

Ijobiy

12

Kredit reytingi (layoqatliligi)

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi boʻyicha SS reytingdan kam boʻlmagan holda

13

Mavjud kredit va unta tenglashtirilgan operatsiyalar buyicha qarzdorligi

Muddati oʻtgan qarzdorlik boʻlmasligi

14

Soʻnggi 12 oy ichida asosiy qarzdorlik oydan oyga oʻtganlik holatlar soni

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida 5 tadan koʻp boʻlmagan holatda

15

Jami kredit taʼminoti:

Kredit summasining 125% dan kam boʻlmagan mikdorda;

16

Mulkiy taʼminot

Koʻchmas mulk, avtotransport vositalari, maxsus texnikalar va boshqalar;

17

Qabul qilinadigan mulkiy garov turlari va ushbu garov buyicha qoʻyiladigan shartlar

Koʻchmas mulk - xar qanday; Avtotransport vositalari - ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan;

Maxsus texnikalar - ishlab chiqarilganiga 3 yildan onshagan; Uskunalar - ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan; Omborxonadagi tayyor mahsulotlar;

18

Nomulkiy taʼminot

Kredit summasining 125% dan kam boʻlmagan mikdorda korporativ mijozlar va ularning tarkibiy boʻlinmalari kafilligi

Kafil korxonaga qoʻyiladigan talablar

19

Kafil korxona faoliyati

Davlat roʻyxatidan oʻtganiga bir yildan oshgan korporativ mijozlar

20

Kafillik summasi

Kafil korxona oʻz mablagʻlari manbalari (balans hisoboti 480-satr) mikdorining 1,5 barobaridan oshmagan mikdorda;

21

Kafilning kredit reytingi (layoqatliligi)

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB tizimida risklarni boshqarish ishlarini tashkil etish Tartibiga asosan skoring tahlil tizimi boʻyicha SS reytingdan kam boʻlmagan holda

22

Kreditning maqsadli ishlatilishi tekshiruvi

talab etilmaydi


*individual shartnoma boʻyicha liniyadan oxirgi foydalanish muddati bosh kelishuv muddatidan oshiq boʻlmasligi lozim.

Yopish
Kreditni taʼminlash
  • Milliy va xorijiy valyutadagi depozitlar;

  • Harakatlanuvchi va koʻchmas mulk;

  • Uskunalar;

  • Banklar va sugʻurta kompaniyalari kafolatlari;

  • Uchinchi shaxslar kafilligi;

  • Boshqa likvidli mulk
Yopish
Kreditni olish uchun kerak boʻlgan hujjatlar
Mijoz tomonidan taqdim etilgan asosiy hujjatlar ro'yxati:

1. Mijozning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl);
2. Boshqa banklardagi mavjud hisob raqamlarining oxirgi 1 yillik aylanmasi to'g'risida ma'lumot (agar mavjud bo'lsa);
3. Mijozning ta'sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kreditni olish yuzasidan roziligi;
4. Ish haqi to'lovining hisob-kitobi;

Kredit ta'minoti sifatida kafillik taqdim etilganda:

1. Agar kafil korxonaning asosiy hisob raqamiga boshqa bank tomonidan xizmat ko'rsatilsa:
a. korxona ta'sis xujjatlari;
b. kafil korxonaning boshqa banklardagi hisob raqamlarining oxirgi bir yillik aylanmasi to'g'risida ma'lumot;
c. kafil korxona ta'sischilarining korxona direktorini tayinlash bo'yicha qarori va korxona buxgalterini tayinlashi bo'yicha buyrug'i;
d. kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi;
2. Kafil korxona ta'sischilarining kafillik taqdim etish bo'yicha ijobiy qarori;
3. Kafil korxonaning taqdim qilgan tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar to'g'risida hisobot (2-son shakl);


Kredit ta'minoti sifatida mulk taqdim etilganda:

1. Mustaqil baxolovchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga asosan rasmiylashtirilgan hisoboti;
2. Mulk egasining ta'sis xujjatlari (ta'sis shartnomasi, Nizom va ustav – agar mulk 3-shaxsga tegishli bo'lsa);
3. Mulk egasi ta'sischilarining kreditning ta'minoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan roziligi (agar mulk 3-shaxsga tegishli bo'lsa).



Oxirgi yangilanish sanasi: 07.09.2020 11:45

PSB Mobile Business

«Korporativ Internet Banking» tizimi orqali mijozlar o’z hisob-raqamlarini dunyoning istalgan nuqtasidan 24/7 rejimida boshqarishlari mumkin.