Bank Boshqaruvi Raisi S.Annaklichev Bank ishiga umumiy rahbarlik qilish bilan birga quyidagi tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga rahbarlik qiladi va nazoratini amalga oshiradi:
- Yuridik departament;
- Xodimlarni boshqarish departamenti;
- Ijro nazorati departamenti;
- Axborot xizmati;
- Birinchi boʻlim;
- Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish departamenti;
- Ichki audit departamenti ish faoliyatini muvofiqlashtirish.
Bank Boshqaruvi Raisining birinchi oʻrinbosari A.Akbarjonov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Gʻaznachilik departamenti;
- Bankni strategik rivojlantirish departamenti;
- Bank transformatsiyasi markazi;
- Biznes tahlil markazi;
- Buxgalteriya hisobi va moliyaviy menejment departamenti;
- Aktiv va passivlarni boshqarish hamda Investitsiya qoʻmitalari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish;
- Korporativ maslahatchi, Korporativ boshqaruv xizmati, “SQB Consulting” MCHJ va “SQB Insurance” MCHJ faoliyatini muvofiqlashtirish.
Bank Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari Sh.Yakubov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Korporativ biznes departamenti;
- “GREEN BANKING” departamenti;
- Bank nomidan kafolat va kafilliklarni imzolash;
- Kredit qoʻmitasi ishiga rahbarlik qilish.
Bank Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari Z.Azimov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Tranzaksion banking departamenti;
- Xalqaro moliya institutlari va banklar bilan ishlash departamenti;
- “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi bilan hamkorlik qilish.
Bank Boshqaruv Raisi oʻrinbosari A.Ergashev quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Bank mahsulotlarini sotish va tarmoqlarni muvofiqlashtirish departamenti;
- Operatsion departament;
- Maʼmuriy xoʻjalik departamenti;
- Metodologiya boshqarmasi;
- “SQB Capital” MCHJ faoliyatini muvofiqlashtirish.
Bank Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari U.Tavakkalov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Chakana biznes departamenti;
- Kichik va oʻrta biznes departamenti;
- Chakana xizmatlarni qoʻllab-quvvatlash departamenti;
- Marketing departamenti;
- Axborot texnologiyalari departamenti.
Bank Boshqaruvi Raisi oʻrinbosari Y.Abdurozzoqov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Davlat dasturlari loyihalari bilan ishlash departamenti;
- Davlat dasturlarini boshqarish departamenti.
Kredit bosh direktori M.Shermatov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Kreditlarni maʼqullash departamenti;
- Kreditlarni boshqarish departamenti;
- Muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti.
Risk bosh direktori (CRO) A.Xamidov quyidagi tarkibiy boʻlinmalarga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- Risk menejment departamenti;
- Komplayens-nazorat departamenti.