2021 yilda bank tomonidan hukumat qarorlari va farmoyishlari asosida jami 56,5 mlrd. so'm miqdorida homiylik mablag'lari ajratildi.
Ushbu homiylik mablag'lari mamlakatda qadimdan milliy qadriyat sifatida rivojlanib kelayotgan kulolchilik an'analarini asrab-avaylash, xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida, qurilish materiallari va sanoat sohasida yangi tizimni joriy qilishga qaratilgan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish ishlariga, bankka biriktirilgan tumanlarda istiqomat qilayotgan kam ta'minlangan oilalar, boquvchisini yo'qotganlar, nogironlar, yolg'iz qariyalar va imkoniyati cheklangan fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, uy-joylarini ta'mirlashga ko'maklashish hamda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida, Toshkent shahridagi mahallalar hududini obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish va mahallalar qiyofasini yaxshilash, Samarqand shahridagi Farhod qo'rg'onidan Hazora mahallasigacha bo'lgan temir yo'l atrofidagi asosiy yo'nalishga tushgan yo'llar atrofini obodonlashtirish, ko'chmas mulk ob'ektlarini milliy arxitekturaga moslashtirish ishlari uchun, Prezident ta'lim muassasalari agentligi huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash kabi maqsadlarga ajratilgan.