Toshkent Xalqaro Vestminster universitetida O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishini boshqarish bo‘yicha tashkil etilgan “Chapter Zero Uzbekistan” dasturining bir yillik faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zsanoatqurilishbankning “yashil” iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi faoliyati alohida e’tirof etildi.

“Chapter Zero Uzbekistan” o‘tgan yili 3-iyulda Iqlimni boshqarish bo‘yicha xalqaro global tashabbus (Global Climate Initiative – CGI) doirasida tashkil etilgan loyiha bo‘lib, u global tarmoqdagi 26-faol qatnashchi hamda Markaziy Osiyoda yetakchi aylandi.

Bunda O‘zbekistondagi korporativ kuzatuv va boshqaruv kengashlari a’zolaridan iborat jamoaning iqlim xatarlari haqida xabardorlikni oshirish, unga qarshi kurashish hamda atrof-muhitga salbiy chiqindilar tarqalishini kamaytirish bo‘yicha turli tashabbuslarni ilgari surishi maqsad qilingan.

Ma’lumki, O‘zsanoatqurilishbank mamlakatda “yashil” bank tamoyillarini joriy qilgan birinchi moliya mussasasi sanaladi. Bank tomonidan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi “yashil” loyihalarni moliyalashtirish, sanoatga “yashil” texnologiyalarni keng jalb qilish, shuningdek, respublika miqyosdagi ekologik-ijtimoiy dasturlarni qo‘llab-quvvatlashda faol ishlar amalga oshirilmoqda.

“Chapter Zero Uzbekistan” tadbirida bankning ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlari yuqori baholanib, rahbat sertifikati taqdim etildi.

Bank Axborot xizmati




Oxirgi yangilanish sanasi: 05.07.2024 16:25  
up