Oʻzsanoatqurilishbank “Yashil makon” loyihasi doirasida yigirma mingga yaqin koʻchatlar oʻtqazadi

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Oʻzsanoatqurilishbankning barcha filiallari tomonidan manzarali va mevali daraxt koʻchatlarini ekish boʻyicha ishlar boshlab yuborildi.

Jumladan, poytaxtimizdagi Abdulla Qodiriy koʻchasida Bank Bosh ofisi hamda Amaliyot boshqarmasiga biriktirilgan hududda ham bugungi kunda koʻchat oʻtqazish ishlari qizgʻin davom etmoqda.

Taʼkidlash joizki, “Green banking” loyihasi doirasida Bankda yashilliklar kam boʻlgan hududlarda mevali hamda manzarali daraxt koʻchatlarini ekish anʼanaga aylangan boʻlib, joylardagi ijtimoiy obyektlar bilan birga kam taʼminlangan xonadonlarga ham koʻchatlar oʻtqazib berilgan.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida esa joriy yilning 10-dekabriga qadar Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan respublikamizning barcha hududlarida jami 20 mingga yaqin daraxt koʻchatlari oʻtqazilishi rejalashtirilgan.



Oxirgi yangilanish sanasi: 06.07.2022 11:36  
up