O‘zsanoatqurilishbank “Yilning eng yaxshi yashil investitsiya banki” deb topildi

O‘zsanoatqurilishbank “Green banking” loyihasi nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro jamoatchilik tomonidan ham munosib e’tirof etilmoqda.

Ta’kidlash joiz, so‘nggi yillarda keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlarini amalga oshirayotgan O‘zsanoatqurilishbank tizimida mazkur yo‘nalishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Xalqaro moliya korporatsiyasi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ilk bor Bankda “Green banking” loyihasi amalga tatbiq etildi. Bankning barcha hududiy filiallarida yashil loyihalar shakllantirilib, ularni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilinmoqda.

Yaqinda “Astana” xalqaro moliya markazi tomonidan o‘tkazilgan “Green Finance Awards 2021” tanlovida O‘zsanoatqurilishbankning yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi yuqori baholanib, Bosh sovrin – “Yilning eng yaxshi yashil investisiya banki” mukofotini qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun: “Green Finance Awards” mukofoti yashil iqtisodiyotga o‘tish va butun dunyo bo‘ylab tabiiy resurslarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish g‘oyasini jamoatchilik orasida ommalashtirishga qaratilgan. Mukofot Markaziy Osiyodagi yashil moliyalash sohasidagi muhim tadbirlardan biri hisoblangan “Green Growth Forum” doirasida topshiriladi.



Oxirgi yangilanish sanasi: 06.07.2022 14:06  
up