Andijon viloyati Xonobod filiali Komplaens-nazorat xizmati rahbari lavozimiga tanlov asosida ishga qabul qilamiz!

SIZNING VAZIFALARINGIZ:

  • Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirishda ishtirok etish;

  • Mijozlar va operatsiyalar bo‘yicha tegishli choralarni amalga oshirish (soha bo‘yicha);

  • Tegishli operatsiyalarni Bosh bankka taqdim etish;

  • Filial tomonidan amalga oshiriladigan amaliyotlar qonuniyligini nazorat qilish;

  • Bankda korrupsiyaga qarshi kurashishda, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishda me'yoriy hujjatlarga va odob-ahloq kodeksi talablariga rioya qilinishini nazorat qilish;

  • Mijozlar, xodimlar va vendorlarning elektron anketalari to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirilishi hamda saqlanishini nazorat qilish.

 

NOMZODGA QO‘YILGAN TALABLAR:

  • Oliy ma'lumot (iqtisodiyot yo‘nalishida);

  • 3 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi (hisob-kitob operatsiyalari bilan bog‘liq bank bo‘linmasida);

  • O‘zbek va rus tillarini mukammal, ingliz tilini yozma muloqot darajasida bilishi;

  • Komp'yuterning faol foydalanuvchisi (Excel, Power Point, Word);

  • IABS tizimi bilan ishlashni bilishi.