Bankning bosh ofisi va respublikaning barcha hududlarida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha professional mutaxassislar va professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilamiz!

- Noruda foydali qazilma konlari geologi

- Qurilish materiallari sanoati muhandis-texnologi

- Qurilish materiallari ishlab chiqarishni loyihalashtirish mutaxassisi


NOMZOD VAZIFALARI:


  • qurilish materiallari loyihalarini dastlabki geologik ekspertizadan o‘tkazish, loyiha tashabbuskorlariga xom ashyo, material va ishlab chiqarish bo‘yicha maslahat-konsalting xizmatlarini amalga oshirish;

  • qurilish materiallari loyihalarini dastlabki muhandis-texnologik ekspertizadan o‘tkazish, loyiha tashabbuskorlariga xom ashyo va ishlab chiqarish bo‘yicha muhandis-texnologik maslahat-konsalting xizmatlarini amalga oshirish;

  • qurilish materiallari ishlab chiqarishni “A dan Ya gacha” tamoyili asosida loyihalashtirish ishlarini amalga oshirishda maslahat-konsalting xizmatlarini amalga oshirish;

  • zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun optimal xom ashyo, material, texnologiya, infratuzilmani tanlashda, texnik-iqtisodiy asos (TEO) ishlab chiqishda loyiha tashabbuskorlariga ko‘maklashish;

  • loyihalarni “A dan Ya gacha” tamoyili asosida to‘liq ishga tushgunga qadar tegishli davlat organlarida ekspertiza va ro‘yxatdan o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish.

 

NOMZODGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:

 

  • qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, korxonalarda ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va loyihalashtirish bo‘yicha yetarli amaliy tajribaga ega bo‘lish;

  • geologiya, muhandis-texnolog, ishlab chiqarishni loyihalashtirish yo‘nalishlarida oliy ma'lumot;

  • geologiya, muhandis-texnolog, ishlab chiqarishni loyihalash yo‘nalishida 3 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi (ushbu yo‘nalishlarda pedagogik tajriba qo‘llab-quvvatlanadi);

  • o‘zbek va rus tillarini mukammal bilish (ingliz tilini bilish qo‘llab-quvvatlanadi);

  • komp'yuterning faol foydalanuvchisi (Excel, Power Point, Word).

 

BIZ SIZGA NIMA TAKLIF QILA OLAMIZ

 

  • amaldagi qonunchilikka muvofiq ishga joylashtirish;

  • ahil va do‘stona jamoa, tashabbusni qo‘llab-quvvatlaydigan menejment;

  • mamlakatning yirik va xalqaro standartlar asosida transformasiya qilinayotgan bankida ishlash;