Loyihalar fabrikasi uchun mutaxassislar

Oʻzsanoatqurilishbank mutaxassislarni Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo va Namangan viloyatlaridagi “loyihalar fabrikasi”da ishlashga taklif qiladi!

Loyihalar fabrikasi xar bir tumanning investitsion imkoniyatlarini baholaydi va shunga muvofiq loyihalarni ishlab chiqadi.

“Loyihalar fabrikasi” mutaxassisiga qoʻyiladigan asosiy talablar:


    • Xorazm, Qashqadaryo, Buxoro va Namangan viloyatlaridagi ayrim hududlarning oʻsish salohiyatini tahlil qila olish
    • Maʼlum bir mintaqaning salohiyatiga qarab investitsiya loyihalarini tanlash
    • Bank mijozlari va investorlari uchun maʼlumotlar bazasini (loyiha fabrikasi) yaratish.

    Nomzodlar quyidagilarga ega boʻlishi lozim:

    • Oliy maʼlumot (iqtisodiy yoʻnalishda)
    • oʻzbek va rus tillarini mukammal bilish
    • Kompyuterning faol foydalanuvchisi (xususan, Excel, Power Point va Word).

    Nomzodlar tanlov asosida ishga qabul qilinadi va munosib ish haqi bilan taʼminlanadi.
    maʼlumot uchun: hr@uzpsb.uz