Navoiy mintaqaviy filiali Komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi lavozimiga nomzodlarni tanlov asosida ishga qabul qilamiz!

Bosh mutaxassis vazifalari:

  • bank amaliyotlari (kredit, buxgalteriya, TIF, chakana amaliyotlar) qonun hujjatlariga muvofiq olib borilayotganligini nazorat qilish;

  • filial tomonidan amalga oshiriladigan amaliyotlar qonuniyligini nazorat qilish;

  • bankda korrupsiyaga qarshi kurashishda, manfaatlar toʻqnashuvini oldini olishda meʼyoriy hujjatlarga va odob-ahloq kodeksi talablariga rioya qilinishini nazorat qilish;

  • mijozlar, xodimlar va vendorlarning elektron anketalari toʻliq va toʻgʻri toʻldirilishi hamda saqlanishini nazorat qilish.

 

Nomzodga qoʻyilgan talablar:

  • Oliy maʼlumot (iqtisodiy yoʻnalishda);

  • 3 yildan kam boʻlmagan ish tajribasi;

  • Oʻzbek va rus tillarini mukammal bilish;

  • Kompyuterning faol foydalanuvchisi (Excel, Power Point, Word);

  • IABS tizimi bilan ishlashni bilishi.