O‘zsanoatqurilishbank Chakana biznes departamentining Ish haqi loyihasidagi mijozlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimiga nomzodlarni tanlov asosida ishga qabul qiladi!

Sizning vazifangiz:

  • ish haqi loyihasidagi mijozlar uchun bank xizmatlari yaratish;
  • sotilishini qo‘llab-quvvatlash va samaradorligini tahlil qilish;
Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Oliy ma'lumot (iqtisodiyot yo‘nalishida);
  • O‘zbek va rus tillarini mukammal bilish;
  • Uzcard, Humo va xalqaro to‘lov tizimlari bilan ishlashni bilish;
  • Jismoniy shaxslarga taqdim etiladigan bank xizmatlarini mukammal bilish;
  • 3 yildan kam bo‘lmagan ish tajribasi (jismoniy shaxslarga bank xizmatlari ko‘rsatish sohasida).