O‘zsanoatqurilishbank g‘aznachilik operatsiyalari sohasida mutaxassislar va ekspertlarni tanlov asosida ishga taklif etadi!

Asosiy vazifalar nimalardan iborat:

  •  ichki va tashqi banklararo bozorlarda valyuta oldi-sotdi operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozori, hosilaviy moliya vositalari va pul bozorida mablag‘larni jalb qilish va joylashtirish;
  • moliya bozorlaridagi vaziyat va Bank likvidliligi yuzasidan tahliliy materiallarni tayyorlash;
  • tashqi bozorlarda shu jumladan, banklararo munosabatlar, savdo maydonlari va boshqalarda ishtirok etishni ta'minlash.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: 
  • oliy iqtisodiy ma'lumot;
  • tegishli yo‘nalishdagi ish tajribasi – kamida 3 yil; 
  • ingliz va rus tillarini mukammal bilish; 
  • komp'yuter savodxonligi (Refinitiv Eikon, Bloomberg – erkin tarzda, MS Windows, MS Office).
Agar siz ushbu sohada yetarlicha tajribaga ega bo‘lsangiz va uni yangi loyihalarda amalga oshirishni xohlasangiz, unda bizning jamoamiz a'zosiga aylaning!