Risk-menejment yoʻnalishi boʻyicha bosh mutaxassis

Oʻzsanoatqurilishbank Risk-menejment yoʻnalishi boʻyicha bosh mutaxassis lavozimiga nomzodlarni tanlov asosida ishga qabul qiladi!


Biz Sizga nima taklif qila olamiz:

  • poytaxt markazidagi qulay joylashuv;
  • karyera imkoniyatlari;
  • professionallar jamoasida qiziqarli ish;
  • kompaniya hisobidan korporativ oʻqitish;
  • nomzodlarning salohiyati va tajribasiga mos ravishda munosib ish sharoitlari va ish haqi.


Sizning vazifalaringiz:
  • bankning koʻrsatkichlari tahlili va hisobotlarini tayyorlash;
  • riskni baholash hisobotlarini tayyorlash;
  • hisobotlarni tahlil qilish, yozma izohlar berish.


Biz nomzoddan nimalarni kutamiz:
  • oliy maʼlumot (xorijiy universitetlarda kunduzgi taʼlim);
  • 1 yildan kam boʻlmagan ish tajriba;
  • rus, ingliz, oʻzbek tillarini mukammal bilish;
  • tahliliy hisobotlarni tayyorlash qobiliyati;
  • matematikani yuqori saviyada bilish;
  • kompyuter ishi boʻyicha yetarli tajriba (Excel, Power BI).

Agar siz ushbu sohada bilim va malakaga ega boʻlib, yana yangi loyihalarni amalga oshirishni xohlasangiz, bizning jamoamiz aʼzosiga aylaning!