Strukturalashtirilgan moliyalashtirish yoʻnalishi boʻyicha ekspert va mutaxassislarni quyidagi lavozimlarga tanlov asosida ishga qabul qilamiz!

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari:

  • Loyiha bilan bogʻliq boʻlgan risklarni boshqa banklar oʻrtasida taqsimlash uchun sinditsiyalashtirilgan kreditlashni tashkil etish, takomillashtirish va muvofiqlashtirishda yoʻnalish berish

  • Eksport kredit agentliklari qoplamasi ostida ajratiladigan yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishn tashkil etish, takomillashtirish va muvofiqlashtirish yoʻnalish berish

  • Yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishni strukturalashda yoʻnalish berish

  • Boshqarma va boʻlim xodimlarini malakasini oshirish boʻyicha davriy ravishda texnik oʻquv-seminarlari tashkillashtirish, boʻlim xodimlari ish faoliyati davomida yuzaga kelgan savollari yuzasidan tegishli koʻrsatmalar beradi


Boʻlim boshligʻi:

  • Loyiha bilan bogʻliq boʻlgan risklarni boshqa banklar oʻrtasida taqsimlash uchun sinditsiyalashtirilgan kreditlashni tashkil etish, takomillashtirish va muvofiqlashtirish

  • Yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishni strukturalash

  • Boʻlim faoliyati ustidan rahbarlikni va boʻlimga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi boʻyicha ishlarni amalga oshiradi

  • Korporativ markazlar va filiallardagi xodimlar ish faoliyati davomida yuzaga kelgan savollari yuzasidan tegishli koʻrsatmalar beradi


Bosh mutaxassis:

  • Yirik investitsion loyihalar boʻyicha tegishli maʼlumot va hisobotlarni tayyorlash;

  • Investitsion loyihalarni kompleks tahlil qilish va ular boʻyicha xulosalar tayyorlash;

  • Loyihalarni moliyalashtirishda tegishli shartnomalarni tayyorlash;

  • Loyihaning moliyaviy natijalarini baholash va rejalashtirilgan koʻrsatkichlar bilan solishtirish


1-toifali mutaxassis:

  • Investitsion loyihalarni moliyalashtirish boʻyicha tegishli meʼyoriy hujjatlarni oʻrganish va tahlil qilish;

  • Loyihalarni moliyalashtirish, strukturalash hamda kompleks tahlil qilishda qatnashish

  • Loyihaviy moliyalashtirish yoʻnalishi boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganib borish;


Nomzodga qoʻyilgan talablar:

  • Oliy maʼlumot (iqtisodiy yoʻnalishda);

  • Loyihalarni moliyalashtirish sohasida (yuridik shaxslarni kreditlash) 1 yildan 5 yilgacha boʻlgan ish tajribasi;

  • Oʻzbek, rus, ingliz tillarini mukammal bilish;

  • Kompyuterning faol foydalanuvchisi (MS Office, MS Project);

  • IABS tizimi bilan ishlashni bilishi;

  • Yozma va ogʻzaki muzokara olib borish koʻnikmasi;

  • “Due diligence”, KYC, AML boʻyicha koʻnikmalar;

  • Moliyaviy savodxonlik.