Tuzilmaviy moliyalashtiruv bo'linmasi raxbari

Sizda ekspertlik bilimlari mavjudmi, muvaffaqiyatli kompaniyada yuqori lavozimda ishlaysizmi va shu bilan birga butun mamlakatimiz hududini qamrab olgan yirik Bankda oʻz kuchingizni sinab koʻrmoqchimisiz? Unda biz Sizga tuzilmaviy moliyalashtiruv boʻlinmasi rahbari lavozimini taklif etamiz.

Tuzilmaviy moliyalashtiruv – bu hujjatlarni tayyorlash boʻyicha bank xizmatlari, Bank mijozlariga XMI va investorlar resurslarini investitsiya loyihalarni amalga oshirish uchun jalb qilish maqsadida moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishdir


BIZ SIZGA NIMANI TAKLIF ETA OLAMIZ

  • Poytaxtimiz markazida joylashgan zamonaviy ofis;

  • Bankning asrlik tarixida iz qoldirish imkoniyati bilan transformatsiyaga oid yirik loyihalarda ishtirok etish;

  • Oʻz gʻoyalaringiz va tashabbuslaringizni amalga oshirish uchun imkoniyatlar;

  • Belgilangan maqsadlarga erishishga intilgan professionallar jamoasi;

  • IFC, EBRD, Deloitte va boshqa xalqaro konsultantlar bilan hamkorlik qilish;

  • Bank hisobiga xorijda malaka oshirish va sertifikatga ega boʻlish imkoniyatlari;

  • Faol korporativ hayot.

 

SIZNING MAJBURIYATLARINGIZGA QUYIDAGILAR KIRADI

  • Bankda tuzilmaviy moliyalashtiruv yoʻnalishi boʻyicha biznesni noldan boshlash va rivojlantirish;

  • Ikkita ixtisoslashgan sohalar – eksport moliyalashtirish va sindikatlashgan moliyalashtirishda bitimlarni tizimlashtirish;

  • Eksport kredit agentliklari (EKA) ishtirokida ularni moliyalashtirish boʻyicha bitimlarni tuzish va tizimlashtirish;

  • Xodimlar, mijozlar va ekspert sohasidagi boshqa banklar orasida xabardorlik darajasini oshirish.

 

BUNING UCHUN SIZDAN QUYIDAGILAR TALAB ETILADI

  • Oliy maʼlumot (bank ishi/moliya sohasida magistratura, CFA (Chartered Financial Analyst) moliyaviy tahlil xalqaro sertifikati mavjudligiga afzallik beriladi);

  • EKA, sinditsitiv va tizimlashtirilgan bilimlar bilan ishlash tajribasi;

  • Tizimlashtirilgan moliyalashtirish/investitsion banking sohasida kamida 5 yil, shu jumladan, rahbarlik lavozimida – kamida 1 yil ish tajribasi;

  • Yirik xalqaro moliya/investitsiya kompaniyalari/banklarda ish tajribaga ancha afzallik beriladi;

  • Qarz kapital bozorlarida bitimlar tuzish tajribasi;

  • Korporativ kreditlash tamoyillari va oʻziga xosliklarini bilish;

  • Rus va ingliz tillarini mukammal bilish;

  • Tahlillarni oʻtkazish va Excelda modellar yaratish koʻnikmalari;

  • Professional kommunikatsiya koʻnikmalari.

 

TARIXDA QOLISH IMKONIYATIDAN FOYDALANING!