img

Oilaviy karta

Ushbu xizmat orqali oila a’zolaringiz (ota, ona, aka, uka, opa, singil, turmush o‘rtoq va farzandlar) nomiga qo‘shimcha kartalar ochilib, o‘z hisob raqamingizga biriktiriladi.


Kartaga buyutma berish


“Oilaviy karta” xizmatining afzalliklari:


oilada har kim o‘z plastik kartasiga ega bo‘ladi;

qo‘shimcha kartalar limitlar o‘rnatilgan holda tasarruf etiladi;

mablag‘larni bir kartadan boshqasiga o‘tkazishga ehtiyoj qolmaydi;

hisob raqam egasi qo‘shimcha kartochkalarning operatsiyalarini UzPSB Mobile ilovasi yordamida monitoring qiladi;

oilaviy byudjet oqilona tashkil etiladi, oila a’zolari xarajatlarini tahlil qilish va rejalashtirish imkoniyati mavjud.

  • Karta haqida
  • Tariflar

Tasavvur qiling, oilada bir o‘zingiz ishlaysiz, plastik kartochkangiz ham bitta, farzandlaringiz va oila a’zolaringiz hammasi bir paytda sizning kartangizdan foydalana olmaydi.

Sanoatqurilishbankda esa endi buning imkoni bor.

Oilaviy karta sizning kartangizga bir nechta plastik kartalarni bir vaqtning o‘zida bir kartaga ulash imkonini beradigan qo‘shimcha bank kartasi turidir.

Ushbu xizmat orqali oila a’zolaringiz (ota, ona, aka, uka, opa, singil, turmush o‘rtoq va farzandlar) nomiga qo‘shimcha kartalar ochilib, o‘z hisob raqamingizga biriktiriladi.

Eng muhimi, oila a’zolaringiz limit doirasidagi mablag‘ni istagancha tasarruf etishlari (naqd ko‘rinishda yechish, xarid qilish, to‘lovni amalga oshirish, UzPSB Mobile ilovasi orqali boshqa kartaga o‘tkazish) mumkin.

Asosiy karta egasi ko‘zda tutilmagan xarajatlar borasida tashvishlanmasa ham bo‘ladi, chunki, har bir oila a’zosi ishlatishi mumkin bo‘lgan mablag‘lar miqdoriga oylik limit o‘rnatadi.

Hisob raqami egasining xohishiga qarab, barcha qo‘shimcha kartalar yordamida amalga oshirilgan har bir operatsiya haqida uning mobil telefoniga SMS xabar kelib turishi mumkin.

Yana bir qulaylik, plastik kartalarni bir-biridan farqlash uchun egasining xohishiga qarab, individual dizayn asosida karta ustiga tabiat manzarasi, tarixiy binolar, multfilm qahramonlari, shaxsiy yoki oilaviy foto suratlarni qo‘yish imkoniyati ham bor.

TariflarQiymati
Bir oilaviy kartasini chiqarish qiymati25 000 so‘m

Oxirgi yangilanish sanasi: 09.03.2021 15:40

JOYDA - mobil banking

Telefoningizdagi qulay ilovadan foydalangan holda kunlik to’lovlarni amalga oshiring