
O`zbekiston bo`ylab bank operatsiyalari va onlayn to`lovlarning to`liq spektriga ega universal karta
UZCARD kartasi – NFC texnologiyasidan foydalangan holda kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlaydigan yangi bo‘rttirma UZCARD. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB mazkur plastik kartochkalarni yuridik va jismoniy shaxslarga taklif etadi. Pensiya yoki ish haqini plastik kartochkalarga o‘tkazish bilan sizga naqd pul olib yurishga hojat qolmaydi, shuningdek, mablag‘larning xavfsizligini va o‘zaro hisob-kitoblarning to‘g‘riligini ta’minlaydi.
UZCARD kartalari ish haqi va pensiya to‘lovlari uchun bepul taqdim etiladi.
Tijorat va xizmat ko‘rsatish korxonalarida, shuningdek, bank muassasalarida UZCARD kartalaridan foydalangan holda debet operatsiyalarini amalga oshirishda komissiya olinmaydi.
UZCARD kartasining afzalliklari:
Tijorat va virtual terminallar orqali to'lash uchun ikkita interfeysli kartalar (bir vaqtning o'zida kontaktli va kontaktsiz).
Bank kassalarida va bankomatlar orqali naqd pul olish (faqat jismoniy shaxslarning kartalari bilan)
Ko'pgina mobil ilovalar, jumladan SQB Mobile ilovasi orqali kartadan kartaga pul o'tkazish
Yuqori xavfsizlik
Ko'zi ojiz fuqarolar uchun ramzlarning bo'rttirma belgilarining mavjudligi
| Tariflar | Summa |
|---|---|
| Kartani ochish | |
| Kartani birinchi marta ochish | Bepul |
| Qo‘shimcha kartani ochish (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun) | 50 000 so‘m (QQS bilan) |
| Qo‘shimcha kartani ochish (norezidentlar uchun) | 80 000 so‘m (QQS bilan) |
| Kartani qayta chiqarish | |
| Kartani qayta chiqarish | 50 000 so‘m (QQS bilan) |
| Norezidentlar uchun kartani qayta chiqarish | 80 000 so‘m (QQS bilan) |
| Asosiy operatsiyalar | |
| Kartaga xizmat ko‘rsatish | Bepul |
| SQB bankomatlari orqali to‘ldirish | 0 % |
| SQB kassalari orqali to‘ldirish |
2 000 000 so‘mgacha — 0,5 % 2 000 000 so‘mdan yuqori — 0 % |
| Naqd pul yechish | Summaning 1 % |
| Kommunal xizmatlar, mobil aloqa va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish | 0 % |
| SQB Mobile orqali o‘tkazmalar | |
| SQB kartalariga (xalqaro, kredit) | 0 % |
| SQB kartalariga (Uzcard, Humo) | Summaning 0,5 % |
| Boshqa banklarning Uzcard va Humo kartalariga | Summaning 0,5 % |
| Boshqa banklarning xalqaro kartalariga | Summaning 1,5 % |
| SQBda ochilgan hisobvaraqlarga (karta hisobvaraqlaridan tashqari) | 0 % |
| Kreditlarni so‘ndirish |
SQB tomonidan berilgan — 0 % boshqa bank tomonidan berilgan — summaning 2 % |

