Sanoatqurilishbankning Visa classic kredit kartasi bank mablag'lari hisobidan Visa to'lov tizimi ishlaydigan dunyoning istalgan nuqtasida tovarlar va xizmatlar uchun to'lovlarni amalga oshirish, naqd pul olishga imkon beradi. Bu sayohat vaqtida kredit kartani tengsiz yordamchiga aylantiradi.
Kredit karta asosan naqd pulsiz xaridlar uchun mo'ljallangan. Tovarlar/ishlar/xizmatlar uchun to'lov amalga oshirilganda va jami ishlatilgan kredit mablag’lari keyingi oyning 10-sanasigacha to'liq qaytarilsa, ushbu to'lovlar uchun 40 kungacha bo’lgan foizlar hisoblanmaydi.
Naqd pul olish, bank hisobvarag'lariga, elektron hamyonlarga va kartalarga (P2P) pul o'tkazish uchun 2,9% miqdorida komissiya olinadi.
Terminal va bankomatlarga xizmat ko'rsatadigan bank tariflariga asosan qo'shimcha komissiya olinishi mumkin. Naqd pul olish uchun O'zsanoatqurilishbank xalqaro kartalarga xizmat ko'rsatish bankomatlari va terminallaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Kredit limiti tasdiqlangandan so'ng, kartani Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Mustaqillik shoh ko'chasi, 5-uy manzilidagi Toshkent shahar mintaqaviy bank xizmatlar ofisi kassasidan olib ketish mumkin.
Kredit karta qarzini qanday to'lash mumkin
Kredit karta qarzni shakllantirish, foizlarni hisoblash va qarzni qaytarishning tartibi farq qiladi.
Qarzdorlik kredit kartaga JOYDA mobil ilovasi orqali boshqa kartadan pul o'tkazish va bank kassasi orqali to'ldirish yo'li bilan so'ndiriladi.
Kredit karta "qancha pul sarflagan bo'lsangiz, shuncha pul to'laysiz" tamoyili asosida ishlaydi. Foizlar faqat amalda sarflangan summa bo'yicha hisoblanadi. Xarajatlar bo'lmasa, qarz ham bo'lmaydi.
Oyning boshida (1-bank ish kuni) mijozga 10-sanagacha to'lashi kerak bo'lgan barcha qarzlar va o'tgan oy uchun oylik majburiy to'lov qoldig'i bilan SMS-xabar yuboriladi.
Xaridlar bo’yicha bank pullaridan foydalanganlik uchun foizlar, SMS-xabarda ko'rsatilgan muddatgacha va to'liq so'ndirilmagan taqdirda, qarzdorlik sifatida aks ettiriladi.
Agar “foizsiz davr” tugagan va qarzdorlik qolgan bo'lsa, har oylik hisoblangan foizlarni hisoblash va oylik majburiy to'lovlarni amalga oshirish rejimi boshlanadi.
Kreditdan farqli o'laroq, kartada aniq to'lov jadvali mavjud emas. Kechiktirilgan to'lovlarga yo'l qo'ymaslik uchun siz kartani kamida bir oylik majburiy to'lov miqdorida to'ldirishingiz kerak. Uni o'tkazib yubormaslik kerak, aks holda muddati o’tgan qarzdorlik yuzaga keladi va unga yuqori foiz hisoblanadi.
Oylik majburiy to'lov asosiy qarzdorlik miqdorining 10%i va shartnomada ko'rsatilgan stavkada hisoblangan foizlardan iborat bo'ladi.
Siz majburiy to'lovdan ko'proq miqdorda to'lashingiz mumkin. Qancha ko'p to'lasangiz, keyingi to'lov, kredit bo'yicha foizlar shunchalik kam bo'ladi.
Kredit kartaga mablag’lar kirim qilinganda qarzdorlik quyidagi tartibda so’ndiriladi
1. Yuqori foizlar
2. Muddatida toʼlanmagan foizlar
3. Muddatida toʼlanmagan minimal toʼlov (har oylik asosiy qarz to’lovi);
4. Аvvalgi oyda hisoblangan foizlar;
5. Minimal toʼlov (har oylik asosiy qarz toʼlovi);
6. Naqdga tenglashtirilgan amaliyotlar bo’yicha avvalgi oylarda yuzaga kelgan asosiy qarz;
7. Xaridlar bo’yicha avvalgi oylarda yuzaga kelgan asosiy qarz;
8. Hisoblangan foizlar;
9. Naqdga tenglashtirilgan amaliyotlar bo’yicha joriy oyda yuzaga kelgan asosiy qarz;
10. Xaridlar bo’yicha joriy oyda yuzaga kelgan asosiy qarz.