Yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka krediti

img
327.2 mln so’mgacha
Uy-joy qurish uchun Ipoteka
18% dan
kredit stavkasi
20 yilgacha
Kredit muddati
15%
boshlang'ich badal

Kredit olish oson!

Kredit olish uchun oʻzingizga qulay bank boʻlimiga murojaat qiling
Hujjatlarni taqdim eting
Bank bilan kredit shartnomasini tuzish

Kreditni to'lash usullari

Bank kartasi orqali
JOYDA mobil ilovasi orqali
SMS orqali
KOD 2500
Bankning istalgan ofisida

Talab qilinadigan hujjatlar

Fuqaroning pasporti
Oldi-Sotti shartnomasi

Kredit miqdorini hisoblash

Qo'shimcha xarajatlar

  • Kredit shartlari
  • Zarur hujjatlar
  • Qarz oluvchiga qo’yiladigan talablar

Kredit maqsadi

yakka tartibdagi uy-joyni qurish va rekonstruksiya qilish uchun

2021 yil 25 dekabrga qadar taqdim etilgan subsidiya xabarnomalari uchun

Hudud

Qishloq joylarda

Shaharlarda

Kredit maksimal miqdori

267 750 000 so'm

309 400 000 so'm

2021 yil 25 dekabrdan so'ng taqdim etilgan subsidiya xabarnomalari uchun

Hudud

Qoraqolpog'iston Respublikasi va viloyatlar

Kredit maksimal miqdori

327 250 000 so'm

Kredit muddati

20 yil

To'lov usuli

qarz oluvchining tanloviga asosan annuitet yoki differensial

Imtiyozli davr

6 oy (mijozning xoxishiga ko'ra)

Yillik foiz stavkasi

18 %

Boshlang‘ich to‘lov

15 %

Maxsulotni olish usuli

 -xususiy pudrat tashkilotlari hisobvarag‘iga

 -qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar/savdo do‘konlari hisobvarag‘iga

 -o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yollanma ishchilar nomiga ochilgan bank kartalariga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning qarz yuki ko‘rsatgichi belgilangan me'yordan yuqori bo‘lganda, ularning bank oldidagi qarz majburiyatini ta'minlash yuzasidan yuridik shaxslar kafilligi qabul qilinishi va yuridik shaxsning yillik sof foydasini 50 foizi qarz oluvchining qarz yuki ko‘rsatkichini hisoblashda qo‘shilishi mumkin.



1 O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, kredit bo‘yicha foizlar mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.

Toshkent shahrida yakka tartibda uy-jo'ylar qurish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlari ajratilmaydi.


1) Pasport yoki pasport o'rnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnomasini taqdim etgan taqdirda, pasport nusxasi ham talab etiladi;

2) Daromadlari to'g'risidagi hujjatlar/elektron ma'lumotlar (bankning Crobs dasturi orqali aniqlanadi);

3) Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun yer uchastkasiga bo'lgan huquqni (doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi) tasdiqlovchi hujjat;

4) Yakka tartibdagi uy-joy yoki boshqa mol-mulk bahosi yuzasidan mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti.

5) Uy-joy qurishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha smeta hujjati (bunda loyiha-smeta hujjatlarini kelishmasdan uy-joy qurish va rekonstruktsiya qilish taqiqlanadi);

6) Pudrat tashkiloti bilan qurilish ishlarini bajarish bo'yicha shartnoma (pudrat tashkiloti jalb qilingan taqdirda talab qilinadi); 

7) Ipoteka kreditining boshlang'ich badali va foizlarning bir qismini O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplab berish nazarda tutilgan hollarda “Subsidiya xabarnomasi”; (zarur hollarda)

8) Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta'minlashga ko'maklashish Komissiyasining uy-joyga muhtoj xotin-qizlar bo'yicha qabul qilgan qarori. (zarur hollarda)

9) Qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi/savdo do'koni, o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida davlat soliq xizmati organlaridan ro'yxatdan o'tgan yollanma ishchilar o'rtasida tuzilgan shartnoma.

10) Shuningdek, qonunchilikda ko'rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.

  • krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan О‘zbekiston respublikasi fuqarosi;

  • qarz yuki ko‘rsatkichi, ya’ni qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining barcha kredit va kafilliklari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi;

  • kredit ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida avvalgi olingan kreditlar va boshqa majburiyatlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi;

  • kamida 4 oy davomida doimiy daromadga ega ekanligi.



Oxirgi yangilanish sanasi: 19.01.2023 11:30  
Pulingizni JOYDA mobil ilovasi orqali oʻtkazing!

Boshqa banklarning HUMO va UZCARD kartalariga pul oʻtkazmalari uchun atigi 0,35% komissiya

SQB kartalari orasida - 0%!

playmarketappstore
up