Muddati va foiz stavkalari nuqtai nazaridan qulay omonatlar Sizga kafolatlangan foydani va ertangi kunga ishonchni ta’minlaydi! Bankimiz taklif etayotgan omonat turlari Sizning ehtiyojingizdan kelib chiqib, eng maqbulini tanlash imkonini beradi. O‘zsanoatqurilishbank o‘z mijozlariga bank siri saqlanishini va pul mablag‘lari o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlaydi. Omonatlaringiz 2002-yil 5-apreldagi 360-II-son “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi” tomonidan kafolatlanadi.