Ma'naviy yuksalish

“Galstuksiz” uchrashuvlar davom etmoqda!


06.04.2021

“Galstuksiz” uchrashuvlar davom etmoqda!

O‘zsanoatqurilishbank Boshqaruvi Raisi Saxi Annaklichev Samarqand mintaqaviy filiali hamda Amir Temur filiali xodimlari bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

    Norasmiy tarzda o‘tkazilgan suhbat davomida Bank rahbari o‘z hayotiy va kasbiy tajribasi, shaxsiy rivojlanish, badiiy va biznes kitoblar o‘qish, shuningdek, bank transformasiyasi bosqichlari, bankni rivojlantirish strategiyasi, unda xodimlarning o‘rni va ahamiyati kabi masalalar bilan o‘rtoqlashdi.

    Uchrashuv davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga, xususan O‘zsanoatqurilishbankni xalqaro bank bozorida teng raqobatlasha oladigan zamonaviy moliya institutiga aylantirish yo‘llari haqida batafsil ma'lumot olishdi.

    Shuningdek, bankning biznes jarayonlaridagi mavjud muammolarni hal qilish, mijozlar takliflari va fikrlari muhokama qilindi.

    Xodimlar Boshqaruv Raisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, erkin fikr va taklif berish imkoniyati yaratilganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.




Boshqa yangiliklar


Oxirgi yangilanish sanasi: 06.04.2021 14:46  
up