Ma'naviy yuksalish

O‘zbekistonlik yosh matematiklar - xalqaro olimpiada g‘oliblari!


06.04.2021

O‘zbekistonlik yosh matematiklar - xalqaro olimpiada g‘oliblari!

    Bir necha kun avval O‘zsanoatqurilishbank homiyligida “Khiso” olimpiadalar maktabining 8 nafar tinglovchisi VI-xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida ishtirok etayotganligi haqida xabar bergan edik.

    12-17 mart kunlari o‘tkazilgan ushbu olimpiadada o‘zbekistonlik o‘quvchilar 4 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

    Olimjon Olimov, Muhammadrizo Madjidov, Jaloliddin Xolmatov, Diyorbek Tolibov kumush, Doniyor Ismoilov bronza medalni qo‘lga kiritdi, Nodira Sa'dullaeva olimpiada faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi.

    O‘tgan yili Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tgan V-xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida ham o‘zbekistonlik yoshlar jamoasi 3 ta kumush va 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.

    Terma jamoa rahbari, Xalq ta'limi vazirligi Fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti bosh mutaxassisi — Sardor Bozorboevning e'tirofi:

- Jamoamizning ushbu nufuzli olimpiadada ishtirokini uch yildan buyon qo‘llab kelayotgan O‘zsanoatqurilishbank rahbariyatiga yoshlar nomidan chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Ilm-fan rivoji har doim moliyaviy ko‘makka muhtoj bo‘ladi. Butun dunyo hamjamiyatida bu sohadagi muvaffaqiyatlar xuddi SQB kabi tashabbuskor kompaniyalarning qo‘llab-quvvatlovi bilan yuzaga kelgan. Yurtimizda ham iqtidorli yoshlarga moliyaviy madad bo‘luvchi bunday banklar ko‘payishiga umidvormiz.

    SQB jamoasi nomidan ularni yana bir bor tabriklaymiz! 

    O‘zsanoatqurilishbank – iste'dodli yoshlarga qanot bo‘lishdan hamisha mamnun! 




Boshqa yangiliklar


Oxirgi yangilanish sanasi: 06.04.2021 12:00

JOYDA - mobil banking

Telefoningizdagi qulay ilovadan foydalangan holda kunlik to’lovlarni amalga oshiring