Ma'naviy yuksalish

SQB faoliyatida “Ustoz-shogird” maktabi mutlaqo yangicha uslubda


29.06.2021

photo_2021-06-29_11-19-19.jpg photo_2021-06-29_11-19-18.jpg.photo_2021-06-29_11-19-17.jpg 

photo_2021-06-29_11-19-16.jpg photo_2021-06-29_11-19-14.jpg


    Bank Bosh ofisida filial xodimlari o‘zlari xohlagan departamentda mustaqil tanlagan yo‘nalish va murabbiydan amaliy ish o‘rganmoqda.
    Mazkur maktab ishi samaradorligini oshirish, qolaversa, yosh mutaxassislarga ustoz sifatida jalb qilinayotgan tajribali xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida birinchi bosqichda 120 ta, so‘nggi 2 oy davomida malaka oshirgan 70 nafar ishtirokchi (filiallar xodimlari) o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazildi.
    So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, Davlat dasturlari loyihalari bilan ishlash departamenti boshqarma boshlig‘i Olimbek Berdibekov, Bank kartalari tizimlarini qo‘llab-quvvatlash departamenti bosh mutaxassisi Muxiddin Eshmirzaev, Chakana biznes departamenti boshqarma boshlig‘i Umid Alimov va Temur Malik Musurmonov, Tranzaksion banking departamenti bo‘lim boshlig‘i Tojilmalik Qodiriy, Kreditlarni boshqarish departamenti boshqarma boshlig‘i Abdulaziz Omonov oyning “Eng yaxshi murabbiylari” deya e'tirof etildi.
    Ularni jamoamiz nomidan USTOZLIK sharafiga loyiq topilganliklari bilan chin dildan tabriklaymiz

    Ma'lumot uchun: Joriy yil davomida jami 500 nafar filial xodimlari Bosh bankda stajirovkadan o‘tkaziladi




Boshqa yangiliklar


Oxirgi yangilanish sanasi: 29.06.2021 11:27  
up