Yangiliklar

Maqsad — ayollar tadbirkorligini rag‘batlantirish


07.05.2025 15:52

Maqsad — ayollar tadbirkorligini rag‘batlantirish

O‘zsanoatqurilishbank hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hamkorlik Prezidentimizning “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Hujjat, eng avvalo, ayollar tadbirkorligini har tomonlama rivojlantirish, moliyaviy savodxonligini oshirish va turli muammolarga duch kelayotgan biznes subyektlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Hamkorlik doirasida qator amaliy yo‘nalishlar belgilandi. Jumladan, ayol tadbirkorlarga kredit ajratish, ularning moliyaviy bilimlarini oshirish, xorijiy ko‘rgazma va yarmarkalarda ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutilgan.
Ushbu tashabbusning yana bir muhim jihati — qurilish va sanoat sohalaridagi tadbirkor ayollar loyihalarini faol qo‘llab-quvvatlashdir. Shu maqsadda, ana shu sohalarda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirokida forum tashkil etish rejalashtirilgan. Ushbu tadbir nafaqat tajriba almashish maydoni, balki yangi biznes g‘oyalarni amalga oshirish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi.

“Qolaversa, ayollar salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish — nafaqat ijtimoiy tenglik, balki barqaror iqtisodiy taraqqiyotning ham asosiy omilidir. Shu ma’noda, ushbu hamkorlik iqtisodiy faollikni oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va inklyuziv tadbirkorlik muhitini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi”, dedi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi o‘rinbosari F.Abdurahmonov.

                                                                                                                                                                                                                  Bank axborot xizmati




Boshqa yangiliklar

05/23/2025 04:35:36 pm
Milliy libos – yurtimiz ma’naviyati va madaniy merosi ifodasi!

Bugun, joriy yil 23-may kuni O‘zsanoatqurilishbank jamoasi “Milliy liboslar kuni”ni katta ruh va g‘urur bilan nis ...

05/23/2025 03:54:07 pm
O‘zsanoatqurilishbank va YETTB hamkorligida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy tadbirlar

Joriy yil 19-21-may kunlari O‘zsanoatqurilishbank hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB) hamkorlig ...

05/23/2025 10:33:08 am
O‘zsanoatqurilishbank: Hududlarda biznes muhitini yaxshilash yo‘lida izchil sa’y-harakatlar

2025-yil 22-may kuni O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati Jizzax va Buxoro viloyatlarida tadbirkorlar bilan uchrashu ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 07.05.2025 15:54  
DEMO
close
Давайте поговорим!
DEMO
AI (SQB Assistant) -
в тестовом режиме
close
Здравствуйте!
Чем могу помочь?
headphone
close
headphone
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo