Yangiliklar

"O'zsanoatqurilishbank" ATB bolalar tabrik rasmlari bўiicha ijodiy tanlov e'lon qiladi!


18.08.2021

    2 ta eng yaxshi bolalar rasmi mamlakatimiz asosiy shodiyonasiga  SQBning tabriknomasiga aylanadi hamda  SQB va JOYDA ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy kanallarda Mustaqillik kunini nishonlashda e'lon qilinadi.
    Tanlov yakunlariga ko‘ra, ikkita eng yaxshi rasmlar mualliflari esdalik sovg‘alar - Amazfit GTS smart soatlarga ega bo‘ladi.
Tanlovga har qanday texnika (maslo, akvarel', tush', qalam, melki, guash', kollaj va h.) da bajarilgan ishlar qabul qilinib, ular gorizontal shaklda rasmda tabrik matnidan foydalangan yoki foydalanmagan holda bo‘lishi mumkin.
    Har bir yosh muallif tanlovga bir necha rasmlari bilan ishtirok etishi mumkin.
tanlov ishtirokchilarining yoshi – 6 yoshdan 12 yoshgacha.
    Tanlovni o‘tkazish muddatlari – 2021 yil 16 avgustdan 26 avgustgacha.
    Badiiy ishlar  https://forms.yandex.ru/u/611a3e9211e6c5c645fe173f/  elektron pochta manziliga qabul qilinadi. Rasmning fototasviri yoki skan-varianti (raqamli ko‘rinishi) virtual tabriknoma o‘rnida foydalanish imkoniyatini ta'minlash uchun yaxshi sifatga ega bo‘lishi lozim. Shuningdek, ishtirokchilar rasmlarini asl nushada (qog‘oz shaklida) quyidagi manzilga yetkazish mumkin: Toshkent shahri, Shaxrisabz ko‘chasi, 3. (O‘zsanoatqurilishbankning Bosh ofisi).


    Tanlovga taqdim etilgan barcha ishlar quyidagi baholash mezonlariga ko‘ra baholanadi:
- tanlov mavzusiga muvofiqligi;
- rasmning badiiy saviyasi, mahorat darajasining muallif yoshiga muvofiqligi;
- ijodiy g‘oya, o‘ziga xosligi, betakrorligi, ma'nosini kuchaytiruvchi qiziqarli detallar mavjudligi;
- ijodiy ishga oid umumiy taassurot.
    Tanlov yakuniga ko‘ra, tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan barcha bolalar rasmlari bankning sqb.uz rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarida e'lon qilinadi. 
    Tanlovga ijodiy ishni yuborayotganda, uning ishtirokchisi/voyaga yetmagan ishtirokchining qonuniy vakili avtomatik tarzda tanlovning maqsadlari va shartlariga rozilik bildiradi va uni tasdiqlaydi:
- rasmlarning fototasviri yoki skan-variantidan SQB va JOYDA rasmiy kanallarda foydalanish;
- rasmlarning fototasviri yoki skan-variantini bankning  sqb.uz rasmiy saytida joylashtirish.





Boshqa yangiliklar


Oxirgi yangilanish sanasi: 18.08.2021 10:11

JOYDA mobil ilovasi

Smartfondagi qulay ilova yordamida kunlik to'lovlarni amalga oshiring

playmarketappstore

up