Joriy yilning 8-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlardan birida O‘zsanoatqurilishbank (SQB) aksiyadorlar tarkibida o‘zgarishlar yuz bergani hamda bir aksiyador tomonidan bank ustav kapitalida 20 foizdan ortiq ulush jamlangani haqida post e’lon qilindi.
Qayd etish joizki, bank aksiyadorlik tuzilmasidagi ushbu o‘zgarishlar Prezidentimizning 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi faoliyatini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 289-sonli qaroriga asosan amalga oshirilgan bo‘lib, bu bankning uzoq muddatli barqaror rivojlanishini ta’minlash, korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish hamda bank faoliyatida salohiyatli investorlar ishtirokini kengaytirishga qaratilgan.
Shuningdek, bank aksiyadorlar reyestridagi o‘zgarishlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 31-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazilgan Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalariga (ro‘yxat raqami: 2383) muvofiq new.openinfo.uz rasmiy axborot portalida oshkor etilgan bo‘lib, aksiyador nomi (Milliy investitsiya jamg‘armasi) va ulushi miqdori ko‘rsatilgan.
SQBda milliylik va zamonaviylik uyg‘unlashgan o‘ziga xos muhit hukm surmoqda. “Milliy liboslar kuni” munosabati b ...
2026-yil 1-apreldan boshlab ayrim to‘lovlar faqat naqd pulsiz shaklda – bank kartalari, mobil ilovalar va elektron tizim ...
Joriy yilning 26-fevral kuni O‘zsanoatqurilishbank (SQB) boshqaruvi hamda bank tizimida faoliyat ...

