O‘zsanoatqurilishbank Germaniyaning yetakchi banklari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda


21.06.2025 18:01

O‘zsanoatqurilishbank Germaniyaning yetakchi banklari bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

Joriy yilning 19–20 iyun kunlari Germaniyaning Dyusseldorf shahrida O‘zbekiston – Germaniya ishbilarmonlar kengashining 9-majlisi bo‘lib o‘tdi.
An’anaviy tarzda tashkil etilayotgan mazkur tadbir ikki davlat ishbilarmon doiralari, yetakchi kompaniyalari va moliya muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan.

Joriy yilgi uchrashuvda ham qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi. Xususan, “O‘zsanoatqurilishbank” Germaniyaning yetakchi moliyaviy muassasalari — “DZ Bank” va “AKA Bank” bilan umumiy qiymati 100 million yevroga teng shartnomalarni imzoladi.

Mazkur kelishuvlar doirasida O‘zbekistondagi tadbirkorlik subyektlari, ayniqsa mikro, kichik va o‘rta biznes vakillarining tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, banklar o‘rtasidagi g‘aznachilik amaliyotlari, kadrlar salohiyatini oshirish va boshqa yo‘nalishlardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ham kelishuvga erishildi.

Ma’lumot uchun:
DZ Bank — Germaniyaning eng yirik banklaridan biri bo‘lib, korporativ va chakana moliya xizmatlari, kapital bozorlari hamda g‘aznachilik sohalarida faoliyat yuritadi. Bankning jami aktivlari 659,6 milliard yevroni, kapitali esa 32,6 milliard yevroni tashkil etadi.

AKA Bank — Germaniyaning yirik moliya institutlari, jumladan “Deutsche Bank”, “Commerzbank”, “BayernLB”, “LBBW” tomonidan tashkil etilgan tijorat banki bo‘lib, eksport va savdoni moliyalashtirish yo‘nalishida faoliyat yuritadi.

Qayd etish joiz, ushbu hamkorlik O‘zbekiston bank sektorida xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va tadbirkorlik muhitini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.





Boshqa yangiliklar

02/09/2026 09:46:36 am
Milliy libos – yurtimiz ma’naviyati va madaniy merosi ifodasi!

O‘zsanoatqurilishbank jamoasi “Milliy liboslar kuni”ni katta ruh va g‘urur bilan nishonladi. Turli hududlarga xos ...

02/02/2026 11:29:46 am
Juma – milliy an’analar kuni

Haftaning har jumasi O‘zsanoatqurilishbankning xizmat ko‘rsatish tarmoqlarida alohida ruh, milliy kayfiyat va an’ ...

01/26/2026 11:58:09 am
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB rasmiy munosabati

Joriy yilning 8-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlardan birida O‘zsanoatqurilishbank (SQB) aksiyadorlar tarkibida o‘zga ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 24.06.2025 11:11  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo