O‘zsanoatqurilishbank kichik va o‘rta biznes yo‘nalishida qator xalqaro mukofotlarni qo‘lga kiritdi


08.05.2025 21:45

O‘zsanoatqurilishbank kichik va o‘rta biznes yo‘nalishida qator xalqaro mukofotlarni qo‘lga kiritdi

Jahon moliya va investitsiya sohalarida yetakchi xalqaro nashrlardan biri – “The Digital Banker” jurnali tomonidan tashkil etilgan taqdirlash marosimida “O‘zsanoatqurilishbank” ikkita global mukofot: kichik va o‘rta biznes loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha global mukofoti (“SME Financier of the Year”) hamda mijozlarga innovasion mobil banking xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro mukofoti (“Outstanding Digital CX – Mobile Banking”), shuningdek, yana qator mintaqaviy va milliy mukofotlarga sazovor bo‘ldi.

Bugungi kunda bankning yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga mo‘ljallangan “SQB Business” internet-bank va mobil ilovasi orqali mijozlar turli amaliyotlarni, jumladan, milliy va xorijiy valyutadagi to‘lovlar, konversiya, ish haqi, korporativ kartalarni to‘ldirish, ma’lumotnoma olish va depozit xizmatlarini masofadan turib amalga oshirish imkoniyatiga ega. Dastur foydalanuvchilari soni 5 baravarga oshib, mijozlar e’tirofiga sazovor bo‘lmoqda.

2025-yilda bank “SQB Business” dasturi orqali kichik va o‘rta biznes subyektlariga sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish hamda masofaviy xizmatlar sonini yana-da oshirishni maqsad qilgan. Jumladan, onlayn kredit, onlayn hisobraqam va masofadan korporativ karta ochish, terminalga buyurtma berish, eksport-import shartnomalarini ro‘yxatga olish va to‘liq boshqarish kabi yangi raqamli mahsulot va xizmatlar joriy qilishni rejalashtirgan.

Aytish joiz, bankning jismoniy shaxslarga mo‘ljallangan “SQB Mobile” ilovasi ham O‘zbekiston bozorida eng ilg‘or bank yechimlaridan biriga aylangan. Ilova foydalanuvchilarga keng turdagi xizmatlarni 24/7 rejimida taqdim etib kelmoqda.

Ayni paytda ilovaning faol foydalanuvchilar soni 164 mingdan 600 mingga, kundalik foydalanuvchilari esa 35 mingdan 132 minggacha oshdi. Joriy yilda ham “SQB Mobile” ilovasida mavjud kreditlarni qulay shartlarda qayta moliyalashtirish, “Hozir xarid qil, keyin to‘la” (“Buy now pay later” – BNPL) kabi yangi va qulay raqamli mahsulotlarni joriy qilish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun: “The Digital Banker” dunyo moliya sektoridagi yetakchi tahlilchi nashrlardan biri hisoblanadi. U kompaniyalar faoliyatini xolisona baholaydi, sohadagi ijobiy o‘zgarishlar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

 

Bank axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

12/11/2025 03:06:10 pm
Korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvi holatlari haqida xabar bering!

Oʻzsanoatqurilishbank tizimida korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olishga qaratilgan aloqa kanallari barqar ...

12/10/2025 06:01:13 pm
Jizzaxda korporativ mijozlar uchun amaliy muloqot va xizmatlar taqdimoti o‘tkazildi

O‘zsanoatqurilishbank Korporativ markazi tomonidan Jizzax viloyatida qator tashkilot va muassasalar xodimlari bil ...

12/05/2025 04:54:00 pm
SQB milliy qadriyatlarni mehnat muhitida tatbiq etmoqda

Milliy libos – qadriyat, iftixor va ruhiy yaqinlik ramzi. Shu bois O‘zsanoatqurilishbank (SQB) tizimida milliy li ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 08.05.2025 21:47  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo