
Ushbu tashabbuslar Prezidentimiz boshchiligida aholini daromadli mehnat bilan ta’minlash, xotin-qizlar va yoshlar faolligini oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning amaldagi ifodasidir.
SQB Boshqaruvi Toshkent, Buxoro, Qashqadaryo, va Samarqand viloyatlariga tashrifi davomida kam ta’minlangan oilalar bilan suhbatlar o‘tkazdi, shuningdek, hokimliklar hamkorligida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etdi. Mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi va ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
Masalan, Bo‘ka tumanida qator mikroloyihalar o‘rganildi. “Oltin” mahallasida tashkil etilgan issiqxona doirasida gulchilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Loyiha qiymati 40 mln so‘m bo‘lib, shuning yarmi bank krediti hisobiga moliyalashtirildi. Issiqxonada ikkita doimiy ish o‘rni yaratilgan, yillik daromad 60-70 mln so‘m atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Bu namuna shuni ko‘rsatadiki, kichik mablag‘ bilan ham mahallada uzluksiz daromad manbaini shakllantirish mumkin.
G‘ijduvon tumani “Zarangari” mahallasida Alijon Ko‘ldoshev tomonidan tashkil etilgan nonvoyxona 100 mln so‘mlik sarmoya hisobiga kuniga 1 500 dona non ishlab chiqarmoqda, oylik sof foyda 75 mln so‘mdan oshmoqda va 6 nafar fuqaro doimiy band.
Kasbi tumani “Istiqlol” mahallasida “Biznesga birinchi qadam” dasturi doirasida 40 mln so‘mlik penablok ishlab chiqarish sexi boshlangan. Sexda kuniga 100 dona penablok ishlab chiqarilib, tadbirkorning kunlik sof daromadi 700 ming so‘mga, yillik daromadi esa 255 mln so‘mgacha yetmoqda. Bu yerda 4 nafar fuqaro doimiy ishga ega bo‘ldi.
Ayollar bandligiga xizmat qilayotgan tashabbuslar alohida e’tiborda. Payariq tumanida Ra’no Mavlyanova tashkil etgan tikuvchilik sexi xotin-qizlar uchun yangi mehnat maydoniga aylanmoqda. Loyihadan kutilayotgan natija – yiliga 115 mln so‘mgacha sof daromad, keyinchalik esa ishlab chiqarishni kengaytirish va ulkan fabrikaga aylanish. Bu kabi sa’y-harakatlar yoshlar va ayollar hayotida yangi bosqichni boshlayapti, deydi tadbirkor.
Bunday uchrashuv va tashabbuslar mahalla tizimini takomillashtirish, aholi farovonligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. Eng muhimi, har bir bunday loyiha ortida inson taqdiri, oilalarning barqaror daromadi va yoshlarning kelajakka ishonchi ifodalangan.
O‘zsanoatqurilishbank tizimida har juma “Milliy liboslar kuni” sifatida nishonlanmoqda. Bank ...
Joriy yilning 28-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Andijon Bank xizmatlari ...
Joriy yilning 20–21 oktyabr kunlari O‘zsanoatqurilishbank rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh Qoraqalpog‘ist ...

