Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank va Xitoyning “Sinosure” korporatsiyasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv bitimi imzolandi


15.09.2022

Oʻzsanoatqurilishbank va Xitoyning “Sinosure” korporatsiyasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv bitimi imzolandi

Joriy yilning 14-sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ning Samarqand sammiti arafasida Oʻzsanoatqurilishbank va Xitoyning “Sinosure” eksport-kredit sugʻurta korporatsiyasi oʻrtasida oʻzaro anglashuv bitimi imzolandi.

     Ushbu hujjat tomonlar oʻrtasida bank korporativ mijozlarining istiqbolli loyihalari doirasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi kelishuvlarini rasmiylashtirish shakli boʻlib, ularni moliyalashtirish ushbu korporatsiyaning sugʻurta qoplamasi ostida amalga oshiriladi.

Bitimga muvofiq Bank va “Sinosure” oʻrtasida loyihalarni moliyalashtirishni tashkil etish boʻyicha hamkorlik mexanizmlari belgilab berilgan. Bu muassasa tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun koʻrsatilayotgan xizmatlar koʻlamini kengaytirishga, mijozlar (korxonalar) uchun moliyalashtirishdan keng foydalanishga imkoniyat yaratadi.

     “Sinosure” koʻmagida bank korporativ mijozlari loyihalarining tatbiq etilishi natijasida esa, ishlab chiqarish quvvatlari oshiriladi, ish oʻrinlari yaratiladi, mahalliy bozorda yangi mahsulot turlari paydo boʻladi, turli import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyiladi.

          Maʼlumot uchun. “Sinosure” – eksport kreditlarini sugʻurtalash boʻyicha Xitoy davlat korporatsiyasi sifatida 2001-yilda taʼsis etilgan. Toʻlaligicha hukumatga tegishli ushbu tashkilot Xitoy eksportini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan

2021-yil yakuniga koʻra, “Sinosure” 6,16 trln. AQSH dollaridan ziyod ichki va tashqi savdo investitsiyalarini qoʻllab-quvvatladi, kreditlarni sugʻurtalash bilan bogʻliq xizmatlarni taqdim etdi. 240 mingdan ortiq korxonalar soʻrovi boʻyicha umumiy miqdori 17,85 mlrd. dollar hajmida sugʻurta toʻlovini amalga oshirdi. Eksportyorlar uchun 4 trln. yuandan ziyod moliyalashtirishni taklif etgan qariyb 300 ta bankka yordam koʻrsatdi.

 

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar


Oxirgi yangilanish sanasi: 15.09.2022 11:58

JOYDA mobil ilovasi

Smartfondagi qulay ilova yordamida kunlik to'lovlarni amalga oshiring

playmarketappstore

up