Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank xizmatlar markazi endi poytaxtimizdagi “Oʻrikzor” savdo majmuida ham ish yuritadi


19.09.2022

Oʻzsanoatqurilishbank xizmatlar markazi endi poytaxtimizdagi “Oʻrikzor” savdo majmuida ham ish yuritadi

Toshkent shahridagi “Oʻrikzor” savdo majmui binosida Oʻzsanoatqurilishbankning yangi Bank xizmatlari markazi ochildi.

Ochilish marosimida soʻz olganlar bugun ilgarigidek katta-katta binolarning bir burchidagi kichik bank kassalari oʻrniga barpo etilayotgan zamonaviy Bank xizmatlari markazlari bank biznesini yuritishning zamonaviy modeli, raqamli transformatsiya jarayonlari mahsuli ekanligini taʼkiladi.

Ayniqsa, poytaxt koʻchalarining deyarli har qadamida uchraydigan bunday markazlar shahar qiyofasiga koʻrk qoʻshish barobarida, aholi va tadbirkorlarga har tomonlama qulaylik yaratmoqda.

“Oʻrikzor” savdo majmui binosida ish boshlagan Bank xizmatlari markazi ham ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda ofis mebellari bilan jihozlangan. Mijozlar xizmatiga jalb qilingan xodimlar xizmat koʻrsatish stardartlari boʻyicha oʻqitilgan. 24/7 rejimida ishlovchi bank uskunalari (bankomat va infokiosklar) toʻliq ish holatiga keltirilgan.

Markazda yuridik va jismoniy shaxslarga keng koʻlamli bank va konsalting xizmatlari koʻrsatiladi.

Xususan, kredit va omonatlarni rasmiylashtirish, hisob raqam ochish, valyuta ayirboshlash, xalqaro pul oʻtkazmalari hamda barcha turdagi toʻlovlarni amalga oshirish imkoni mavjud.  

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar


Oxirgi yangilanish sanasi: 19.09.2022 19:04

JOYDA mobil ilovasi

Smartfondagi qulay ilova yordamida kunlik to'lovlarni amalga oshiring

playmarketappstore

up