Yangiliklar

“Tadbirkorlar maktabi”: biznesni boshlash va boshqarishda dastlabki saboqni oling!


21.09.2022

“Tadbirkorlar maktabi”: biznesni boshlash va boshqarishda dastlabki saboqni oling!

Respublikada yagona “Tadbirkorlar maktabi” oʻquv markazida oʻtgan sakkiz oy davomida 260dan ziyod tinglovchi tahsil olib, maxsus sertifikatga ega boʻldi.  

Hoʻsh, markaz nima maqsadda va kimlarga uchun tashkil etilgan?!

Oʻquv markazi qurilish materiallari ishlab chiqarishda tashabbuskor tadbirkorlarning sohadagi malaka darajasini muntazam oshirib borish, ilgʻor arxitektura va dizaynerlik tamoyillariga asoslangan “kelajak materiallari” nomenklaturasini kengaytirish hamda ishlab chiqarishda xalqaro standartlarni keng joriy etish maqsadida tashkil qilingan.

Shuningdek, markaz faoliyati boʻlajak tadbirkorlarning moliya, soliq, marketing va huquqiy savodxonligini oshirish, ilgʻor va zamonaviy texnologiyalar, ishlanmalar, bilimlar va ilm-fan yutuqlaridan foydalangan holda qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi yangi tadbirkorlarni kashf etishga qaratilgan.

Bugungi kunda “Tadbirkorlar maktabi”da qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida oʻz biznesini boshlash niyatidagi tadbirkorlar, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar xodimlari, shuningdek, keng jamoatchilik vakillari oʻz malaka va koʻnikmalarini oshirib kelmoqda.

Markazda oʻquv jarayonlari qanday tashkil qilingan?

Markazda 10 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari, ilmiy tadqiqot institutlari bilan oʻzaro hamkorlik oʻrnatilgan.

Mashgʻulotlar zamonaviy oʻquv dasturlari va yangi taʼlim metodlari asosida quyidagi 4 ta modulga ajratilgan holda olib boriladi:

– Devorbop qurilish materiallari;

– fasadlar uchun pardozlash qurilish materiallari;

– qoplamalar va pol qoplamalari;

– issiqlik saqlovchi qurilish materiallari;

– sement ishlab chiqarish.

72 soatga moʻljallangan kurslar chuqur malaka va koʻnikmaga ega fan nomzodlari, fan doktorlari, professorlar tomonidan oʻtkaziladi.

Bitiruvchilarga qurilish materiallari ishlab chiqarishni boshlashlarida konsultativ yordam ham koʻrsatiladi.

Buning uchun oʻquv markazi zarur taʼlim vositalari va oʻquv qurollari bilan taʼminlangan, adabiyotlar fondi yetarli darajada shakllantirilgan.

Taʼlim olish va loyihalarni qoʻllab-quvvatlash – mutloqo BEPUL.

Viloyatlardagi xohlovchilar uchun online tarzda bilim olish imkoni mavjud.

 





Boshqa yangiliklar


Oxirgi yangilanish sanasi: 21.09.2022 10:43

JOYDA mobil ilovasi

Smartfondagi qulay ilova yordamida kunlik to'lovlarni amalga oshiring

playmarketappstore

up