Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirmoqda


14.09.2022

Oʻzsanoatqurilishbank Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikni kengaytirmoqda

 Joriy yilning 13-sentyabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank Bosh ofisida Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK)ning yangi tayinlangan Investitsion portfel boshqaruvchisi Alan Nunke boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 Uchrashuv doirasida Oʻzsanoatqurilishbankni transformatsiya qilish ishlari davomida tamonlararo hamkorlikning joriy holati, xalqaro moliya institutlari ishtirokida muassasani xususiylashtirishga tayyorlash chora-tadbirlari hamda qarz kapitali bozorida amaliyotlar boʻyicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi. 

XMKning yigirmadan ziyod xalqaro ekspertini jalb qilgan holda 16 ta yoʻnalish boʻyicha amalga oshirilgan keng qamrovli transformatsiya ishlariga alohida toʻxtalindi.

Taʼkidlanganidek, ushbu jarayonda bankning korporativ boshqaruv, komplayens-nazorat, xavflarni boshqarish tizimlari takomillashtirildi. Korporativ, kichik va oʻrta hamda chakana biznes sektori qayta tuzildi. Anderrayting, kredit boshqaruvi, kredit qarzi bilan ishlash kabi jarayonlar yaxshilandi, filiallar tarmogʻi transformatsiya qilindi, tranzaksion bank, yashil bank, loyihalar boshqaruvi joriy etildi, IT-arxitektura va HR ish tizimi takomillashtirildi.

Uchrashuv davomida tomonlar joriy loyihalarni amalga oshirish hamda yangi biznes rejalar doirasida hamkorlikni kengaytirishda manfaatdor ekanliklarini bildirdi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar


Oxirgi yangilanish sanasi: 14.09.2022 16:15

JOYDA mobil ilovasi

Smartfondagi qulay ilova yordamida kunlik to'lovlarni amalga oshiring

playmarketappstore

up