Yangiliklar

2020-yil 4-dekabr kuni Oʻzsanoatqurilishbankda ochiq eshiklar kuni oʻtkaziladi


24.11.2020

2020-yil 4-dekabr kuni Oʻzsanoatqurilishbankda ochiq eshiklar kuni oʻtkaziladi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan yurtimizda ilk marta keng koʻlamli “Antikorrupsiya haftaligi” oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, tegishli vazirlik va idoralar hamda xalqaro tashkilotlar hamkorligida oʻtkazilayotgan haftalik doirasida bir qator vazirlik va idoralarda “Ochiq eshiklar kunlari” tadbiri oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Xususan, 2020-yil 4-dekabr soat 10:00 dan 16:00 gacha “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga ham tashriflar kutilmoqda.

Tadbir davomida “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, Bank faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar xususida maʼlumotlar taqdim etiladi. Jurnalist, bloger va aholi Bankda bu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar xususida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin boʻladi.

Diqqat! Ochiq eshiklar kunida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali oʻtib, ariza shaklini 2020-yilning 24-noyabridan 30-noyabriga qadar toʻldirib yuborishingiz soʻraladi:

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar


Oxirgi yangilanish sanasi: 27.11.2020 16:57  
up