Yangiliklar

Oʻzsanoatqurilishbank YETTB bilan “yashil” moliyalashtirish vositalarini joriy qilish masalalarini muhokama qildi


14.12.2020

Oʻzsanoatqurilishbank YETTB bilan “yashil” moliyalashtirish vositalarini joriy qilish masalalarini muhokama qildi

Oʻzsanoatqurilishbankda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB)ning Moliyaviy institutlar guruhi boshqaruvchi direktori F.Malij boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Ushbu uchrashuv qoʻshma loyihalarni amalga oshirish doirasida ilgari erishilgan natijalarning mantiqiy davomidir.

Uchrashuv davomida moliyaviy institutlar oʻrtasidagi hamkorlikning joriy holatiga doir dolzarb masalalar hamda oʻzaro aloqalarni yanada kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlari muhokama etildi.

Kichik biznes subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va moliyalashtirishning “yashil” instrumentlarini joriy etish sohasidagi loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Kun tartibi doirasida tomonlar Oʻzsanoatqurilishbank tizimida moliya institutini xalqaro standartlarga muvofiq transformatsiya qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlarga doir masalalari ham muhokama etdi.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar kelgusidagi oʻzaro munosabatlar rejalari borasida fikr almashdi va birgalikdagi tashabbuslarni implementatsiya qilish uchun navbatdagi qadamlar belgilandi.

Maʼlumot uchun: Oʻzsanoatqurilishbank va YETTB oʻrtasidagi hamkorlikning faol bosqichi 2019-yilda boshlandi va bugunga qadar kichik va oʻrta biznes vakillari tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga oid bir necha qoʻshma loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, savdoni moliyalashtirish, bank mijozlarining eksport-import amaliyotlarini moliyalashtirish, YETTB kredit kafolatlari bilan tasdiqlovchi bank sifatida tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash borasida faol hamkorlik olib borilmoqda.

Bundan tashqari, YETTB gʻaznachilik amaliyotlarini takomillashtirish, aktivlar va passivlarni boshqarish, shuningdek, Oʻzsanoatqurilishbank xodimlarining malakasini oshirish va mijozlarining moliyaviy savodxonligini yuksaltirish jarayonlarida ishtirok etadi.

Bank Axborot xizmati





Boshqa yangiliklar

		

Oxirgi yangilanish sanasi: 14.12.2020 16:48

JOYDA - mobil banking

Telefoningizdagi qulay ilovadan foydalangan holda kunlik to’lovlarni amalga oshiring