Yangiliklar

Yangi xizmatlar taqdimoti oʻtkazildi


15.12.2020

Joriy yilning 1 5 dekabr kuni Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan joriy qilingan yangi xizmatlar taqdimotiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Tadbirda bank rahbariyati, tegishli tarkibiy boʻlinmalar masʼullari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Soʻnggi paytlarda keng jamoatchilik oʻrtasida skoring, oziq-ovqat savatchasi, ekotizim, soft kollekshn kabi tushunchalarga tez-tez duch kelinmoqda. Bu esa hech kimni ajablantirgani yoʻq. Chunki bank tizimi modernizatsiya qilinib, raqamlashtirish bosqichlaridan oʻtmoqda, jarayonlar maqbullashtirilib, bosh ofis va sotuv nuqtalari oʻrtasidagi vazifalar qayta taqsimlanmoqda.

Anjumanda Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan transformatsiya jarayonlari qaysi bosqichda davom etayotgani, ayrim tuzilmalar faoliyati yangilanib, ularning vazifalari bloklarga boʻlingan holda yoʻlga qoʻyilayotgani, tizimda qaysi loyihalar hayotga tatbiq etilib, qay birlari oʻrganish holatida ekanligiga batafsil toʻxtalib oʻtildi.

Jurnalistlar eʼtibori Bank tizimida yaqinda yangilangan tartibdi ish boshlagan koll markaz, qarzdorliklarni markazlashgan holda soʻndiruvchi soft kollekshn hamda anderrayting xizmatlari faoliyatiga qaratildi.

Koll markazimiz asosiy vazifalari bank mahsulotlari boʻyicha mijozlarga keng tushuncha berish, bank mahsulotlarini ularning maqsad va ehtiyojlariga koʻra yoʻnaltirish, marketing izlanishlarini olib borish va rahbariyatga mijozlardan kelib tushgan murojaatlar asosida takliflar kiritib borishdan iborat, – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Axborot xizmati rahbari Behzod Bozorov. – Shuningdek, markaz mutaxassislari ijtimoiy tarmoqlardan kelgan savollarga ham javob berib, aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga koʻmaklashadi.

Tadbirda Bankning respublika moliya bozorida tutgan oʻrni, xorijiy hamkorlari, moliyalashtirayotgan yirik loyihalari xususida maʼlumot berildi. Yangi xizmatlaridan – JOYDA mobil ilovasi, ipoteka krediti, mikroqarz, “Sogʻligim-boyligim” omonati haqida tushuncha berildi.

– JOYDA platformasi aholiga anʼanaviy bank xizmatlarini koʻrsatish barobarida, ularni savdo kompaniyalari bilan oʻzaro bogʻlovchi savdo maydonchasi ekanligi bilan qulaylik tugʻdirmoqda, – deydi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruv raisi oʻrinbosari Ulugʻbek Tavakkalov. – Platformada merchantlarning tovarlari kreditga sugʻurta polisi va yetkazib berish xizmati bilan birga tez va qulay sotilmoqda. Agar sotuv surʼati bugungidek davom etaversa, unda mijozlarga oziq-ovqat savatchasidagi tovar va xizmatlarni yanada keng doirada taklif etish imkoni tugʻiladi. Shu oʻrinda taʼkidlab oʻtmoqchimanki, biz ilova imkoniyatlarini ham gorizontal, ham vertikal usulda rivojlantirib borish harakatidamiz. Masalan, yaqinda JOYDA ilovasida HumoPay orqali toʻlov tizimini ishga tushirdik. Mazkur tizim android telefonlarida Humo kartasi orqali xaridlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Bank Axborot xizmati












Boshqa yangiliklar


Oxirgi yangilanish sanasi: 15.12.2020 17:35  
up