1180
Qo‘llab-quvvatlash

ISHONCH krediti

mikro va kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay moliyalashtirish

Batafsil
ISHONCH krediti image
28 mlrd so‘m ekvivalentigacha

Kreditning maksimal miqdori

icon
So‘mda yillik 16% dan

Foiz stavkasi

icon
120 oygacha

Kredit muddati

icon
UZS, USD, EUR, CNY va boshqa valyutalar

Kredit valyutasi

icon

Batafsil shartlar

Shartlar
arrow

Kreditning maqsadi:

  • maqsadsiz kredit;
  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish;
  • asosiy vositalarni sotib olish;
  • noturar bino-inshootlarni sotib olish;
  • yengil avtomobil, elektromobil, yuk va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari hamda maxsus texnikalarni sotib olish.

Maqsadsiz kreditni kreditlar, foizlar va komissiyalarni so‘ndirish, moliyaviy yordam berish yoki qaytarish, uchinchi shaxslarning qarzini to‘lash, qimmatli qog‘ozlar va korxonalardagi ulushlarni sotib olish, ikkilamchi hisobvaraqlarga mablag‘ o‘tkazish hamda kafilliklar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish uchun ishlatish mumkin emas.

Kredit miqdori:

Yuridik shaxslar uchun:

  • maqsadsiz kredit — 50 mln so‘m ekvivalentidan 12 mlrd so‘m ekvivalentigacha; Mikro va kichik biznes departamentining ijobiy xulosasi bilan — 28 mlrd so‘mgacha;
  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish, asosiy vositalar yoki noturar ko‘chmas mulk sotib olish uchun — 50 mln so‘m ekvivalentidan 28 mlrd so‘m ekvivalentigacha;
  • transport va maxsus texnika sotib olish uchun — 50 mln so‘m ekvivalentidan 6 mlrd so‘m ekvivalentigacha.

Yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun — 1 mlrd so‘mgacha.

Kredit muddati va imtiyozli davr:

  • maqsadsiz kredit — 84 oygacha, imtiyozli davr — 6 oygacha;
  • aylanma mablag‘larni to‘ldirish — 36 oygacha, imtiyozli davr — 6 oygacha;
  • bosh kelishuv asosida aylanma mablag‘larni to‘ldirish — 60 oygacha; har bir alohida kredit — 36 oygacha;
  • asosiy vositalarni sotib olish — 84 oygacha, imtiyozli davr — 12 oygacha;
  • noturar bino-inshootlarni sotib olish — 84 oygacha, imtiyozli davr — 6 oygacha;
  • transport va maxsus texnikalarni sotib olish — 60 oygacha, imtiyozli davr — 6 oygacha.

Mehmonxonalar va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga maqsadsiz kredit hamda asosiy vositalarni sotib olish uchun kredit 120 oygacha ajratilishi mumkin. Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilganda imtiyozli davr moliyalashtirish manbasi shartlariga muvofiq belgilanadi.

Kredit valyutasi:

  • o‘zbek so‘mi;
  • AQSH dollari, yevro, yuan va boshqa xorijiy valyutalar.

Yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga xorijiy valyutada kredit ajratilmaydi.

Foiz stavkasi:

  • Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan — so‘mda yillik 21%dan, xorijiy valyutada yillik 12%dan;
  • jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — mablag‘lar qiymati va Bankning so‘mda kamida 4%, xorijiy valyutada kamida 3% marjasi;
  • maxsus shartlar asosida — so‘mda yillik 16%dan, xorijiy valyutada yillik 8%dan.

Maxsus stavkalar barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tuman (shahar) shtabi qarori va/yoki Bank boshqaruvi a’zolarining hududlarga tashrifi davomida kelib tushgan murojaatlar asosida qo‘llanadi.

To‘lov va mablag‘larni olish tartibi:

  • to‘lov grafigi — annuitet yoki differensial;
  • asosiy qarz imtiyozli davr tugaganidan keyin har oy, foizlar esa har oy to‘lanadi;
  • maqsadsiz kreditni naqd pul, bank kartasiga o‘tkazish yoki yetkazib beruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi yoxud sotuvchiga o‘tkazish orqali olish mumkin;
  • maqsadli kredit yetkazib beruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi yoki sotuvchining hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.

Jalb qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilganda to‘lov tartibi moliyalashtirish manbasi shartlariga muvofiq belgilanadi.

Kredit ta’minoti:

Odatda kredit summasining kamida 125% miqdorida, o‘zaro aloqador shaxslar uchun esa kamida 130% miqdorida mulkiy ta’minot talab etiladi.

Ta’minot sifatida quyidagilar qabul qilinadi:

  • ko‘chmas mulk;
  • ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan avtotransport;
  • ishlab chiqarilganiga 2 yildan oshmagan maxsus texnika;
  • kredit hisobidan sotib olinadigan transport va maxsus texnika;
  • pul mablag‘lari;
  • yuridik shaxs kafilligi;
  • kredit qaytarilmaslik xatari sug‘urta polisi;
  • “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi.

Maxsus shartlar amal qiladigan holatlar:

  • 5 mlrd so‘mgacha maxsus kredit uchun mulkiy ta’minot talab etilmaydi;
  • Biznesni kafolatlash kompaniyasi kredit summasining 50%igacha kafillik taqdim etishi mumkin;
  • Mikro va kichik biznes departamentining ijobiy xulosasi bilan mulkiy ta’minot kamida 80%, nomulkiy ta’minot esa kredit summasining ko‘pi bilan 45%ini tashkil etishi mumkin;
  • kredit hisobidan sotib olinadigan transport va maxsus texnika ta’minot sifatida qabul qilinishi mumkin.

Boshlang‘ich to‘lov:

  • Noturar bino-inshootlar: qiymatining kamida 30%i. Jami mulkiy ta’minot kredit summasining kamida 125%iga yetadigan qo‘shimcha mulkiy ta’minot taqdim etilsa, to‘lov 10%gacha kamaytirilishi mumkin.
  • Transport va maxsus texnika: qiymatining kamida 20%i. Jami ta’minotni kredit summasining kamida 125%iga yetkazadigan qo‘shimcha mulkiy ta’minot taqdim etilsa, boshlang‘ich to‘lov kamaytirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

Transport va maxsus texnika birlamchi bozordan xarid qilinishi lozim.

5 mlrd so‘mgacha mulkiy ta’minotsiz kredit:

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan loyihalar uchun bunday kredit nomulkiy ta’minot asosida ajratilishi mumkin.

Asosiy shartlar:

  • tuman (shahar) shtabining qarori;
  • tuman (shahar) hokimining kafillik taqdim etishga rozilik xati;
  • mijoz avval kamida bir marta kredit olgan, undan kamida 6 oy foydalangan va uni to‘liq so‘ndirgan bo‘lishi;
  • korxonaning sof aktivlari kredit summasidan 2 barobardan ko‘p bo‘lishi;
  • Mikro va kichik biznes departamentining ijobiy xulosasi;
  • Ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarni kooperatsiyaga jalb qilish — har bir oila uchun 50 mln so‘m hisobidan — yoki kreditning har to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan 200 mln so‘miga kamida bir nafar ishsiz fuqaroni ish bilan ta’minlash.

Majburiyat kredit ajratilganidan keyin 3 oy ichida bajarilishi lozim. Belgilangan ish o‘rinlari yaratilmasa, so‘mdagi kredit stavkasi qoidabuzarlik aniqlangan kundan boshlab yillik 24% etib belgilanadi.

Qo‘shimcha kafillik:

Asosiy ta’minotga qo‘shimcha ravishda kredit summasining 125%i miqdorida — qarz oluvchi korxonaning 50% va undan ortiq ulushga ega ta’sischisi yoki umumiy ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan bir nechta ta’sischilar kafilligi talab etiladi. Yakka tartibdagi tadbirkor jismoniy shaxs sifatida kafillik beradi. Ta’sischi chet el fuqarosi yoki chet el korxonasi, davlat organi, budjet tashkiloti yoxud aksiyadorlik jamiyati bo‘lsa, bu talab qo‘llanmaydi.


Hujjatlar

file icon

«Ishonch» kredit shartnomasi — maqsadsiz kredit

Yuklab olish
file icon

«Ishonch» kredit shartnomasi — noturar ko‘chmas mulkni sotib olish

Yuklab olish
file icon

«Ishonch» kredit shartnomasi — transport va maxsus texnika sotib olish

Yuklab olish
file icon

«Ishonch» kredit shartnomasi — aylanma mablag‘larni to‘ldirish

Yuklab olish
file icon

«Ishonch» krediti bo‘yicha bosh kelishuv

Yuklab olish
file icon

«Ishonch» krediti bo‘yicha individual kredit shartnomasi

Yuklab olish

Kimlar kredit olishi mumkin:

Mikro va kichik biznes subyektlari — yuridik shaxslar hamda yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar.

Mijozning faoliyat yuritayotgan joyi loyiha ko‘rib chiqilayotgan Bank bo‘linmasidan 300 km radiusda bo‘lishi lozim.

Asosiy talablar:

  • biznes kamida 6 oy faoliyat yuritgan va so‘nggi 6 oyning kamida 3 oyida faoliyat bilan bog‘liq tushumga ega bo‘lishi;
  • yuridik shaxsning ustav fondi to‘liq shakllantirilgan, moliyaviy natijasi va o‘z aylanma mablag‘lari ijobiy bo‘lishi;
  • amaldagi muddati o‘tgan yoki muammoli kredit qarzdorligi hamda 2-sonli kartoteka bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
  • KATM skoring bali kamida 200 bo‘lishi;
  • kredit yuklamasi 100%dan oshmasligi; 5 mlrd so‘mgacha mulkiy ta’minotsiz kredit uchun — 50%dan oshmasligi. Mikro va kichik biznes departamentining ijobiy xulosasi bilan 150%gacha kredit yuklamasiga ruxsat etiladi.

Mijoz faoliyat yuritayotgan hududdagi hokim yordamchisining tavsiyasi bilan 300 mln so‘m ekvivalentigacha ajratiladigan kreditlarda faoliyat muddati, tushumlar va kredit yuklamasi bo‘yicha talablar qo‘llanmaydi.


Asosiy hujjatlar:

  • kredit olish uchun ariza;
  • yakka tartibdagi tadbirkor uchun — guvohnoma va pasport nusxasi;
  • mahsulot pasportida belgilangan hollarda ta’sischilarning kredit olish va korxona mol-mulkini garovga berishga roziligi;
  • sotib olinadigan tovarlar, mol-mulk yoki xizmatlar bo‘yicha shartnomalar;
  • asosiy hisobvaraq boshqa bankda ochilgan bo‘lsa, 2-sonli kartoteka bo‘yicha qarzdorlik to‘g‘risidagi ma’lumot;
  • mahsulot pasportida belgilangan hollarda buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
  • faoliyat uchun muayyan joy talab etilsa, undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • taqdim etiladigan ta’minot bo‘yicha hujjatlar: kadastr hujjatlari, transport yoki maxsus texnika ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va ta’minot turiga qarab boshqa hujjatlar;
  • korxona so‘nggi 6 oyda qayta ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, Davlat xizmatlari markazidan reestr va o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar;
  • uchinchi shaxsning mol-mulki garovga qo‘yilganda yoki kafillik taqdim etilganda, mahsulot pasportida belgilangan garovga qo‘yuvchi yoki kafilga oid hujjatlar;
  • loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar.

Savollaringiz bormi?

Biz SQB-da depozit va hisobni ochish haqidagi barcha savollaringizga javob beramiz
Pasportingizda ko'rsatilganidek aynan kiritish
Bank vakili shu raqamga sizga qayta qo'ng'iroq qiladi
Arizani yuborishning orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash va hisobni bronlash shartlariga rozi bo'lasiz.
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит