1180
Qo‘llab-quvvatlash

SMALL HYDROPOWER krediti

quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan mikro gidroelektrostansiyalarni qurish va energiya ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish uchun
Batafsil
SMALL HYDROPOWER krediti image
15 mlrd so‘m ekvivalentigacha

Kreditning maksimal miqdori

icon
Yillik 24% dan so‘mda

Foiz stavkasi

icon
84 oygacha

Kredit muddati

icon
18 oygacha

Imtiyozli davr

icon

Batafsil shartlar

Kredit asosiy shartlari
arrow

Kreditning maqsadi:

Mazkur kredit mahsuloti quyidagi maqsadlar uchun mo‘ljallangan:

  • quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan mikro gidroelektrostansiyalar qurish;
  • energiya ishlab chiqarish infratuzilmasini tashkil etish hamda energiya samaradorligini oshirish;
  • mikro gidroelektrostansiyalar uchun yangi uskuna va mexanizmlarni xarid qilish.

Valyuta:

  • milliy valyuta (so‘m);
  • xorijiy valyuta (AQSh dollari).

Kredit miqdori:

Mahsulot pasporti doirasida 15 mlrd so‘m ekvivalentigacha.

Moliyalashtirish turi:

Investitsion kreditlash — biznesni yaratish, rivojlantirish, kengaytirish va modernizatsiya qilish.

Kredit muddati:

  • bank o‘z mablag‘lari hisobidan — 84 oygacha;
  • jalb qilingan mablag‘lar hisobidan — jalb qilingan mablag‘lar shartlariga asosan.

Imtiyozli davr:

18 oygacha.

Foiz stavkasi:

  • so‘mda ajratiladigan kreditlar — yillik 24% dan;
  • xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar — yillik 12% dan.

Yakuniy foiz stavkasi kredit shartlari va Bankning ichki talablaridan kelib chiqib individual tarzda belgilanadi.

Tashabbuskorning loyihadagi ulushi:

Qarz oluvchining loyihadagi ulushi loyiha qiymatining kamida 30 foizini tashkil etishi lozim.

Kredit ta’minoti:

  • kredit summasining kamida 125% miqdorida mulkiy garov va/yoki pul mablag‘lari ta’minoti;
  • aloqador shaxslar uchun — 130%;
  • dastlabki doimiy ko‘chmas mulk va/yoki pul mablag‘lari ta’minoti kredit summasining kamida 70%ini tashkil etishi lozim;
  • ta’minotning qolgan qismi kredit hisobiga sotib olinadigan asosiy vositalar garovi bilan ta’minlanishi mumkin.

Mulkiy ta’minot:

  • Bankda o‘rnatilgan talablar asosidagi ko‘chmas mulklar;
  • ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan avtotransport vositalari;
  • pul mablag‘lari kredit valyutasida;
  • kredit mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan asosiy vositalar.

Qo‘shimcha ta’minot:

  • kredit qaytarilmaslik xatari sug‘urta polisi;
  • uchinchi yuridik shaxs kafilligi;
  • “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafilligi.

Qo‘shimcha talablar:

  • gidroelektr stansiyalarini qurish huquqi bo‘yicha elektron-onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma mavjud bo‘lishi lozim;
  • gidroelektr stansiyasi Qurilish vazirligi tomonidan berilgan maxsus litsenziyaga ega quruvchi tomonidan barpo etilishi lozim;
  • ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan energiyani sotish bo‘yicha “Energo savdo” MCHJ yoki uning hududiy bo‘linmalari bilan shartnoma tuzilgan bo‘lishi lozim;
  • loyiha “yashil loyiha” talablariga hamda mahsulot maqsadlariga mosligi bo‘yicha Sustainable Finance departamentining ijobiy xulosasi olinishi lozim.

Bank xodimlari va qarindoshlari bo‘yicha cheklov:

Bank xodimlari va ularning yaqin qarindoshlari ishtirokidagi yoki rahbarligidagi korxonalarga, shuningdek ushbu shaxslar ishtirokidagi korxonalar kafilligi ostida kredit ajratilishi taqiqlanadi.


Loyiha bo‘yicha asosiy talablar

Kredit mahsuloti doirasida moliyalashtiriladigan loyiha quyidagi talablarga javob berishi lozim:

  • Quvvati 5 MVtgacha bo‘lgan mikro gidroelektrostansiya qurilishi bilan bog‘liq bo‘lishi;
  • Energiya ishlab chiqarish infratuzilmasini yaratish yoki energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan bo‘lishi;
  • Mikro gidroelektrostansiyalar uchun yangi uskuna va mexanizmlarni xarid qilishni nazarda tutishi;
  • Gidroelektr stansiyasini qurish huquqi bo‘yicha elektron-onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnomaga ega bo‘lishi;
  • Ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan energiyani sotish bo‘yicha “Energo savdo” MCHJ (yoki uning hududiy bo‘linmalari) bilan tuzilgan shartnoma mavjud bo‘lishi;
  • Qurilish ishlari Qurilish vazirligi tomonidan berilgan maxsus litsenziyaga ega pudratchi tomonidan amalga oshirilishi;
  • Loyihaning “yashil” loyiha talablariga hamda mahsulot maqsadlariga mosligi bo‘yicha Sustainable Finance departamentining ijobiy xulosasi mavjud bo‘lishi.

Izoh: loyiha bo‘yicha kredit mablag‘lari faqat mahsulot pasportida belgilangan talablar bajarilgandan so‘ng ajratiladi.


Kredit mahsulotidan foydalanish uchun taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati
  1. Ariza;
  2. Qarz oluvchi korxona ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (xususiy korxonalar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmay faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);
  3. Qarz oluvchi korxonaning oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti;
  4. Oxirgi davr uchun choraklik buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisoboti;
  5. Texnik-iqtisodiy asosnoma (TIA);
  6. Boshqa banklardagi hisobvaraqlar aylanishi to‘g‘risida ma’lumot;
  7. Mahsulot sotib olish uchun mahalliy korxonalar bilan oldi-sotdi shartnomasi yoki chet el korxonalari bilan import shartnomasi nusxasi (shartnomada yoki uning spetsifikatsiyasida asosiy vositaning quvvati, modeli, miqdori, ishlab chiqarilgan yili va xarakteri ko‘rsatilishi lozim);
  8. Qarz oluvchi korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi;
  9. Gidroelektr stansiyalarini qurish huquqi bo‘yicha elektron-onlayn auksion natijalari to‘g‘risidagi bayonnoma;
  10. Ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan energiyani sotish bo‘yicha “Energo savdo” MCHJ (yoki hududiy bo‘linmalari) bilan tuzilgan shartnoma;
  11. Gidroelektr stansiyasini quruvchi korxonaning Qurilish vazirligi tomonidan berilgan maxsus litsenziyasi;
  12. Loyiha xususiyatidan kelib chiqib boshqa hujjatlar ham so‘ralishi mumkin.

Savollaringiz bormi?

Biz SQB-da depozit va hisobni ochish haqidagi barcha savollaringizga javob beramiz
Pasportingizda ko'rsatilganidek aynan kiritish
Bank vakili shu raqamga sizga qayta qo'ng'iroq qiladi
Arizani yuborishning orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash va hisobni bronlash shartlariga rozi bo'lasiz.
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит