Orqaga qaytish
126 ÖZSANOATQURILIŞBANK: YAŞIL IQTISODIYOT SARI IŞONÇLI QADAMLAR

Özsanoatqurilişbankni rivojlantirişga qaratilgan ustuvor vazifalarda moliyaviy barqarorlik bilan bir qatorda global ekologik va ijtimoiy dasturlar ham alohida örin tutadi. Bunday öz faoliyatini jamiyat manfaatlari bilan uyğun holda yuritiş esa, bankning ijtimoiy va korporativ mas’uliyatini kuçaytirişga xizmat qilmoqda.
Joriy yilning 4-mart kuni poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida ötkazilgan matbuot anjumanida Özsanoatqurilişbank tizimida Prezidentimizning joriy yil 30-yanvardagi “Özbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asraş va “yaşil iqtisodiyot” yilida amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida”gi farmoni ijrosi doirasida ilgari surilayotgan faol taşabbuslar haqida keng va atrofliça ma’lumot berildi.
Yaşil taraqqiyot – barqaror kelajak!
Bugungi kunda butun dunyoda tabiatni asraş, resurslardan oqilona foydalaniş va ekologiyaga e’tiborni kuçaytiriş nafaqat davlat siyosatining, balki moliyaviy institutlarning ham ustuvor vazifalaridan biriga aylangan.
Özsanoatqurilişbank ana şu global özgarişlardan ortda qolmay, “yaşil iqtisodiyot”ni rivojlantiriş yölida ulkan qadamlar taşlamoqda.
Bank tomonidan sönggi uç yilda 567 mln. AQŞ dollari miqdorida “yaşil” kreditlar ajratilgani va 6,7 mingdan ortiq yangi iş örinlari yaratilgani bu boradagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasidir. Bundan taşqari, “yaşil” loyihalarni tadbiq etiş natijasida 47 000 MVt soat muqobil energiya işlab çiqarilib, 239 000 MVt soat elektr energiyasi va 23 000 metr kub suv tejaldi.
Xalqaro hamkorlik va “yaşil” moliyalaştiriş
– Sönggi yillarda global ekologik vaziyat har bir davlatni “yaşil” tiklaniş maqsadida birlaştirmoqda, – deydi “Özsanoatqurilişbank” ATB “Green banking” departamenti direktori Bobur Sultonmurodov. – Mamlakatimizda ham 2019-2030 yillarga möljallangan Özbekiston Respublikasining “yaşil” iqtisodiyotga ötiş strategiyasi asosida barça sohalarda “yaşil” transformatsiya jarayonlari amalga oşirilmoqda. Bizning “yaşil” bank tamoyillarini keng joriy etişga qaratilgan harakatlarimiz xalqaro hamkorlik doirasida yanada keng mazmun kasb etmoqda.
Darhaqiqat, bank öz faoliyatini global moliya hamjamiyati talablariga mos ravişda rivojlantirib, yirik xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni kuçaytirmoqda.
Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki (YeTTB) bilan hamkorlikda 25 mln. AQŞ dollarlik “yaşil” kreditlar ajratildi.
Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan ESG (Environmental, Social, Governance – atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boşqaruv) standartlarini joriy qiliş yönalişida hamkorlik amalga oşirildi.
“PricewaterhouseCoopers” kömagida bank Milliy “yaşil” iqtisodiyot taksonomiyasidan sinovdan ötkazildi.
Özsanoatqurilişbank – ESG standartlarini joriy qilgan ilğor moliya instituti
Özbekistonda korporativ boşqaruv, ijtimoiy mas’uliyat va ekologik (ESG) standartlarni xalqaro talablar asosida joriy qiliş muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Özsanoatqurilişbank bu borada ham yetakçilikni qölga olib, maqsad va vazifalarini uşbu umume’tirof etilayotgan standartlarga muvofiq takomillaştirmoqda. Öz manfaatlarini mijozlari, hamkorlari, xodimlari, umuman jamiyat manfaatlari bilan teng qöyib faoliyat yuritmoqda.
Natijada, bankning atrof-muhitni muhofaza qiliş va “yaşil iqtisodiyot” yönalişidagi faoliyati xalqaro miqyosda doimiy ravişda yuqori baholanmoqda.
Xususan, joriy yil boşida “Sustainable Fitch” xalqaro reyting agentligi tomonidan bankka “3” darajali ESG reytingi (umumiy ball – 59) taqdim etildi.
YeTTB tomonidan esa, bankning “yaşil” savdoni moliyalaştirişdagi faoliyati bir neça marta e’tirof etildi.
BMTning Iqlim özgarişi böyiça COP29 anjumanida iştirok etilib, iqlim özgarişiga qarşi kuraşiş masalalari böyiça xalqaro hamkorligi mustahkamlandi.
Yaşil taşabbuslar – barqaror kelajak garovi
Bank ijtimoiy va ekologik loyihalarda faol iştirok etib, jamoatçilikni tabiatni asraşga çorlamoqda. “Yaşil makon”, “Çiqindisiz dunyo uçun!”, “Avtomobilsiz kun” kabi aksiyalar orqali aholi orasida ekologik madaniyatni şakllantirişga hissa qöşmoqda.
Şuningdek, bank infratuzilmalarini ekologik talablarga muvofiqlaştiriş maqsadida EDGE auditini amalga oşirmoqda. Uşbu jarayonda HPBS tadqiqot va ekologiya muhandislik markazi mutaxassislari yaqindan yordam berib, bank binolarini barpo etiş va jihozlaşda energiya samaradorlikning ta’minlanganlik darajasini çuqur tahlil qilmoqda.
Matbuot anjumani doirasida EDGE auditidan muvaffaqiyatli ötgan bankning 5 ta binosiga EDGE sertifikati taqdim etildi.
– Özsanoatqurilişbankning “yaşil” mezonlar asosidagi faoliyati ham ekologik, ham ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuqori samaralar keltirmoqda, – deydi “HPBS B.V” tadqiqot va atrof-muhit muhandisligi markazining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Anna Zavaleyeva. – Bu bir tomondan, xalqaro loyihalarda iştirok etiş, ilğor tajriba orttiriş va moliyaviy resurslarni özlaştirişga keng yöl oçilayotgan bölsa, ikkinçi tomondan, xalqaro moliya hamjamiyatida bank faoliyati jozibadorligini oşirib, yangi hamkorlar va investorlar jalb qilişga muhim omil bölmoqda.
Muxtasar qilib aytganda, bank nafaqat moliyaviy barqarorlikni ta’minlaş, balki “yaşil” iqtisodiyot tamoyillari asosidagi faoliyatini rivojlantiriş, mamlakatimizning ekologik qiyofasini yaxşilaşga hissa qöşmoqda.
Bank axborot xizmati
