1180
Qo‘llab-quvvatlash

Yashil ta'mir

Ekologik tamirlash uchun imtiyozli ipoteka — sizning uyingiz, sizning qulayligingiz.
Batafsil
Yashil ta'mir image
170 mln so‘mgacha

Kredit summasi

icon
19 %

Kredit foiz stavkasi

icon
10 yil

Kredit muddati

icon
0 so‘m

Imtiyozli davr

icon

Кreditini qanday qilib olish mumkin?

1

Dastlabki maslahat olish

Telefon orqali yoki bank ofisida dastlabki maslahat oling.

2

Hujjatlarni bankka topshirish

Kerakli hujjatlarni bankka taqdim eting va ijobiy qaror qabul qilinishini kuting.

3

Kredit olish

Bank bilan kredit shartnomasini imzolang.

Batafsil shartlar

Mikroqarz shartlari
arrow

Kreditning maqsadi:

ekologik va energiya tejamkor yechimlardan foydalangan holda turar joyni ta’mirlash.

Yillik foiz stavkasi:

19% (qat’iy belgilangan).

Kredit maksimal miqdori:

170 mln so‘mgacha.

To‘lov jadvali:

annuitet.

Kredit muddati:

10 yil.

Imtiyozli davr:

nazarda tutilmagan.

Kredit ta’minoti:

ipoteka hisobidan ta’mirlanadigan turar joy.

Kredit ajratish usuli:

kredit mablag‘lari naqdsiz shaklda o‘tkaziladi:

  • pudrat tashkiloti hisob raqamiga;
  • qurilish materiallari ishlab chiqaruvchisi yoki savdo do‘koni hisob raqamiga;
  • belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan ishchilar (o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar) bank kartalariga ish haqi to‘lovi sifatida.

Qo‘shimcha shartlar:

Kredit mablag‘lari bosqichma-bosqich ajratiladi:

  • birinchi bosqichda — kredit summasining 50%igacha;
  • ikkinchi bosqichda — bajarilgan ta’mirlash ishlari tasdiqlangandan so‘ng 100%igacha.

Asosiy talablar
  • ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va kreditning oxirgi so‘ndirilish muddatida 70 yoshdan oshmagan (70 yosh ham kiradi) bo‘lishi;
  • jami oylik daromad 21,0 mln so‘mdan oshmasligi;
  • qarz oluvchining avval olingan ipoteka kreditlari mavjud bo‘lmasligi zarur;
  • doimiy ish joyiga, shaxsiy yordamchi yoki dehqon xo‘jaligidan yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga ega bo‘lishi;
  • shuningdek, ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni to‘lov jadvaliga muvofiq har oyda to‘lash uchun yetarli bo‘lgan, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan hamda hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega bo‘lishi.

Kerakli hujjatlar
  • pasport yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat. Mijoz harbiy xizmatchi bo‘lgan taqdirda uning harbiy guvohnomasi vizual identifikatsiyadan o‘tkazilib, pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatidan nusxa olinadi;
  • daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar / elektron ma’lumotlar (bankning Crobs dasturi orqali ham olinishi mumkin);
  • ta’mirlanayotgan uy-joyning kadastri va egalik (mulk) huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
  • ta’mirlash ishlari rejasi va tasdiqlangan smetasi (tegishli ruxsat beruvchi organ tomonidan taqdim etilgan litsenziyaga ega bo‘lgan smeta tuzuvchi tashkilot smetasi);
  • ta’mirlanayotgan uy-joyning bozor bahosi yuzasidan mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti;
  • pudrat tashkiloti bilan ta’mirlash ishlarini bajarish bo‘yicha qurilish materiallari va/yoki green.uzmrc.uz veb-saytida ko‘rsatilgan tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yoki savdo do‘koni bilan tuzilgan shartnomalar (zarur hollarda);
  • rejalashtirilgan ta’mirlash loyihasining “Yashil” loyiha maqomini tasdiqlovchi sertifikat (loyihaning kamida 50% qismiga green.uzmrc.uz veb-saytidan tasdiqlangan sertifikat bo‘lishi lozim);
  • shuningdek, qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa tegishli hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.

Savollaringiz bormi?

Biz SQB-da depozit va hisobni ochish haqidagi barcha savollaringizga javob beramiz
Pasportingizda ko'rsatilganidek aynan kiritish
Bank vakili shu raqamga sizga qayta qo'ng'iroq qiladi
Arizani yuborishning orqali siz shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash va hisobni bronlash shartlariga rozi bo'lasiz.
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит