Omonatni qanday tanlash

Bank tomonidan taklif qilinayotgan mahsulotlar o‘zining hilma hilligi bilan ajralib turadi. Ayniqsa omonatlar borasida, chunki siz o‘z pullaringizni siz istagandek ishlashini xohlaysiz, shuning uchun har bir omonat shartlarini diqqat bilan o‘rganib chiqish kerak va o‘zingizga eng ma'qulini yoki bir necha ma'qul variantini tanlashingiz lozim. Omonatning foydasi, to‘ldirib borish qulayligi yoki muddatidan avval yopish imkoniyati uning shartlariga bog‘liq. Sizga nima muhimligini o‘zingiz hal qiling va shundan kelib chiqib o‘z tanlovingizni amalga oshiring.

1. Birinchi navbatda kelajak uchun qancha miqdorda pul mablag‘ini olib qo‘yishga tayyorsiz, ana shuni aniqlashtirib oling. Axir omonatning foydasi qisman uning miqdoriga bog‘liq. 

2. Foiz stavkasiga e'tibor bering – foiz qancha yuqori bo‘lsa, foyda ham ko‘proq bo‘ladi. 

3. Omonatni qanday valyutada qilmoqchisiz, shuni ham belgilab oling. Eng foydali, yuqori foiz stavkali omonatlar milliy valyutada qilingan omontlardir. Horijiy valyutada qilingan omonatlar foiz stavkalari ancha past, lekin ular inflyasiyaga nisbatan barqaror.

4. Sizga qaysi vaqtda pul kerak bo‘lishini aniqlashtirgan holda, omonatning muddatiga ham e'tibor berish zarur. Agar siz omonatning to‘liq summasini yoki uning bir qismini muddatidan avval yechib olishga qaror qilsangiz, foiz daromadlarini yo‘qotib qo‘yishingiz mumkin. Agar siz uzoq muddat davomida pulga muhtoj bo‘lmasligingizga ishonchingiz komil bo‘lsa, aytaylik bir yil davomida, u holda bu variant siz uchun eng maqbuldir, chunki bunday omonatlarda foizlar yuqori bo‘ladi. Ba'zi banklar omonatni qisman muddatidan avval yechib olish va yopish imkonini beradilar va bu holda foiz daromadlari yo‘qolmaydi.

5. Ko‘plab banklar turli hil bank mahsulotlarini taqdim etadilar, ular orasida to‘ldirib boriladigan omonat turlari ham mavjud. Bu mahsulot doimiy ravishda pul mablag‘larini olib qo‘yishni istaganlar uchun qulay hisoblanadi. Shuningdek, doimiy ravishda foizlari to‘lab beriladigan omonat turlari ham mavjud. Bu yetarli miqdorda mablag‘ni yig‘ib olganlar va undan tushadigan daromadni pensiya, ish haqi va kommunal xizmatlari uchun to‘lovlar qilishga qo‘shimcha daromad sifatida foydalanmoqchi bo‘lganlar uchun qulaydir.

6. Tezkor omonat va so‘rovga qadar omonatni chalkashtirmaslik lozim. Ikkinchi vaziyatda, odatda, foiz to‘lovlari bo‘lmaydi yoki juda minimal darajada bo‘ladi. 

7. Omonatning daromad keltirishi bir necha omillarga bog‘liq: valyuta turi, to‘ldirib borish yoki qisman yechish imkoniyati, shuningdek boshqa shartlar. Hulosa qilib shuni aytish mumkinki, omonat qancha ko‘p imkoniyatlar bersa, uning daromadliligi shuncha past bo‘ladi. 
 
8. Bank mahsulotlari, shu jumladan omonatlar, o‘zining hilma hilligi va yangiliklari bilan ajralib turadilar. Masalan, ba'zi omonat turlari jarohat olish, koronavirus va boshqa infeksion kasalliklar bilan kasallanish holatlarini sug‘urta qilishni ham o‘zi ichiga oladi.


Oxirgi yangilanish sanasi: 02.12.2020 16:40

JOYDA - mobil banking

Telefoningizdagi qulay ilovadan foydalangan holda kunlik to’lovlarni amalga oshiring