SQB sayyohlik biznesi uchun kreditlar taklif etadi

Oʻzsanoatqurilishbank turizm sohasida biznes boshlamoqchi boʻlgan aholi vakillari hamda tadbirkorlar uchun alohida kredit mahsuloti taqdim etmoqda.

Kreditlar qaysi turizm yoʻnalishlariga ajratiladi?

• Mehmonxona, mehmon uylari, xostellar;

• milliy hunarmandchilik mahsulotlari doʻkoni;

• umumiy ovqatlanish, restoran va kafeteriylar;

• bouling hamda hordiq chiqarish markazlari;

• turistik koʻngilochar maskanlar;

• aviakassa, turoperator va turagent xizmati.

Loyihalar qanday mezonlar asosida saralanadi?

• Loyiha joylashuvidagi hududning ixtisoslashuvi;

• transport qatnovi mavjudligi;

• hududdagi raqobat darajasi;

• tarixiy obidalarning mavjudligi.

Kredit shartlari

Milliy valyutada:

• Kredit maksimal miqdori: 5 mlrd. soʻmgacha;

• Kredit muddati: 5 yilgacha;

• Imtiyozli davr: 12 oygacha;

• Kredit foizi: yillik 22,5 foizdan (hisoblangan foizlarning 4,5 foizi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan qoplab beriladi).

• Boshqa shartlar: loyihada mijozning oʻz ulushi kamida 30 foiz boʻlishi lozim.

Xorijiy valyutada:

• Kreditning maksimal miqdori: 750 ming AQSH dollarigacha;

• kredit muddati: 5 yilgacha;

• imtiyozli davr: 12 oygacha;

• kredit foizi: yillik 11 foizdan;

• boshqa shartlar: loyihada mijozning oʻz ulushi kamida 30 foiz boʻlishi lozim.

Maʼlumot uchun: Oʻzsanoatqurilishbank tomonidan ichki turizmni rivojlantirishga oid loyihalarni moliyalashtirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, oʻtgan davr mobaynida turizm biznesi bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlarga bank tomonidan 830 mlrd. soʻmdan ortiq kredit mablagʻlari ajratilib, 1 650 ga yaqin yangi ish oʻrni yaratildi.

Mutaxassislar maslahati: 712004343; 1180


Oxirgi yangilanish sanasi: 17.02.2023 16:42  
up