“O‘zsanoatqurilishbank” ATB (SQB) o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib quyidagi yo‘nalishlar doirasida autsorsing xizmatlari bo‘yicha hamkorlar jalb etadi:
1. Bino, hudud va xodimlarni xizmat bilan qo‘llab-quvvatlash xizmati
(Bank binolari, ofis va hududlarni tozalash, gigiyena talablariga rioya qilish hamda tartib va tozalikka amal qilish; santexnika, elektrika va boshqa texnik xizmatlar orqali binolar va inshootlarning uzluksiz va xavfsiz ishlashini ta’minlash; Bank xodimlarini xizmat avtotransporti va haydovchisi bilan ta’minlash).
Mas’ul: A. Xasanov
Tel.: +998 97 157 54 94
E-mail: xasanov.a@sqb.uz
2. Rekruting xizmati
(Bankdagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun malakali xodimlarni qidirish va jalb etish, nomzodlarni saralash va baholash, suhbatlar tashkil etish, tanlov jarayonlarini o‘tkazish, ishga qabul qilish kabi xizmatlarni ko‘rsatish).
Mas’ul: B. Miraliyev
Tel.: +998 90 189 07 22
E-mail: bmiraliyev@sqb.uz
3. Muammoli kreditlar bo‘yicha huquqiy xizmatlar
(Muammoli kreditlar bo‘yicha Bankning huquq va qonuniy manfaatlarini sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa organlarda himoya qilish, yuridik maslahat va huquqiy hamrohlik ko‘rsatish)
Mas’ul: U. Aminova / J. Maksudov
Tel.: +998 94 711 22 25 / +998 90 315 53 35
E-mail: uaminova@sqb.uz / jmaksudov@sqb.uz
4. Telefon orqali qarzdorlikni undirish (Soft Collection) xizmati
(Jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorliklarni telefon orqali eslatish, to‘lov intizomini yaxshilashga maslahatlar berish, to‘lov jadvaliga rioya etilishini nazorat qilish xizmatlarini ko‘rsatish).
Mas’ul: Sh. Sultonov / B.Otamurodov
Tel.: +998 94 711 11 41 / +998 94 711 18 15
E-mail: shsultonov@sqb.uz / botamurodov@sqb.uz
5. Raqamli marketing, reklama va jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
(Raqamli marketing‚ Bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha reklama kampaniyalarini rejalashtirish, tashkil etish‚ tahlil va monitoring qilish, PR faoliyati doirasida tahliliy axborot materiallarini tayyorlash).
Mas’ul: O. Abduraximov / J.Ubaydullayev
Tel.: +998 97 333 34 55 / +998 94 711 77 55
E-mail: abdurakhimov@sqb.uz /
j_ubaydullayev@sqb.uz
6. Aloqa markazi (Call-center) faoliyati
(Mijozlardan kelib tushadigan qo‘ng‘iroqlar va murojaatlarni qabul qilish hamda qayta ishlash, bank mahsulot va xizmatlari bo‘yicha axborot va maslahatlar berish, shikoyat va takliflarni ro‘yxatga olish, chiqish qo‘ng‘iroqlarini amalga oshirish hamda Bankning mijozlar bilan uzluksiz va samarali aloqa jarayonini ta’minlashga qaratilgan xizmatlarni ko‘rsatish).
Mas’ul: Sh. Xalilov / A. Soliev
Tel.: +998 90 139 99 33 / +998 94 711 01 17
E-mail: kre00440@sqb.uz /akmal@sqb.uz
7. Server, tarmoq va axborot texnologiyalari infratuzilmasiga kompleks xizmat ko‘rsatish faoliyati
(Server va tarmoq uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish, IT infratuzilmasini boshqarish va qo‘llab-quvvatlash xizmati).
Mas’ul: V. Krasnov
Tel.: +998 94 711 18 13
E-mail: v.krasnov@sqb.uz
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- tegishli yo‘nalish bo‘yicha yetarli professional tajriba va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
- shartnoma asosida belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilgan holda ishlarni sifatli, to‘liq va o‘z vaqtida bajarish;
- bajarilgan ishlar yuzasidan muntazam va belgilangan tartibda hisobotlarni taqdim etish, shuningdek, natijalar uchun shaxsiy javobgarlikni ta’minlash;
- xizmatlar ko‘rsatishda amaldagi qonunchilik, me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda Bankning ichki talablariga rioya etish;
- axborotlar maxfiyligini ta’minlash va Bank faoliyatiga oid ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor etmaslik;
- yuzaga keladigan muammolarni tezkor va samarali hal etish, Bank bilan doimiy va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish.
Tanlab olingan kompaniyalarga tegishli xizmat bo‘yicha batafsil texnik topshiriq yuboriladi.
Hamkorlik uzoq muddatli bo‘lib, o‘zaro manfaatli shartlar asosida amalga oshiriladi.
Hurmatli mijozlar! Shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 1-apreldan boshlab Ria Money Transfer tizimi or ...
Hurmatli mijozlar! Shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 1-apreldan 1-sentabrgacha Uzcard Moment kartasi ...
Hurmatli mijozlar! Sizga ma’lum qilamizki, mijozlarni himoya qilish hamda firibgarlik holatlarining ...

