Yangi yil bayrami arafasida kiberfiribgarlikdan ehtiyot bo‘ling


29.12.2025 15:40

Hurmatli mijozlar!

Yangi yil bayrami arafasida kiberfiribgarlik holatlari keskin ko‘payishi kuzatiladi. Firibgarlar fuqarolarning internet tarmoqlaridagi faolligidan foydalanib, turli soxta chegirmalar, jozibali takliflar hamda noqonuniy moliyaviy sxemalar orqali odamlarni aldashga urinayotgani qayd etilmoqda.

Shu munosabat bilan quyidagi eng keng tarqalgan tahdidlarga alohida e’tibor qaratishingizni so‘raymiz:

  • zararli dasturlarni o‘z ichiga olgan elektron xatlar va xabarlar (PDF, APK va boshqa fayllar)ni tarqatish;
  • banklar va davlat organlari nomidan yaratilgan soxta saytlar, chat-botlar, chegirmalar, kreditlar va aksiyalar haqidagi yolg‘on e’lonlar;
  • o‘zini “bank xodimi” sifatida tanishtirib, qo‘ng‘iroq yoki xabarlar orqali maxfiy ma’lumotlarni so‘rash holatlari;
  • drop-kartalardan foydalanishga jalb qilish, ya’ni uchinchi shaxslar nomidan pul o‘tkazmalarini qabul qilib berish yoki karta ma’lumotlarini taqdim etishni so‘rash. Bunday harakatlar karta egasi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, zararli dasturlarni o‘rnatish yoki bank karta ma’lumotlarini begona shaxslarga taqdim etish mobil ilovalar va internet-banking tizimlariga ruxsatsiz kirishga, shuningdek, mijoz xabardorligisiz pul mablag‘larining yechib olinishi xavfiga sabab bo‘ladi.

Xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida quyidagi tavsiyalarga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz:

  • SMS-kodlar, bir martalik parollar (OTP), PIN-kodlar, login va parollarni hech kimga bermaslik;
  • bank kartalari va ularning rekvizitlarini uchinchi shaxslarga taqdim etmaslik;
  • noma’lum manbalardan ilovalarni o‘rnatmaslik, shubhali fayl va havolalarni ochmaslik;
  • “oson daromad” haqidagi takliflarga hamda kartangizga pul o‘tkazmasini qabul qilib berish iltimoslariga ishonmaslik;
  • mobil ilovalarni faqat App Store va Google Play rasmiy do‘konlaridan o‘rnatish;
  • qurilmalarni muntazam ravishda antivirus dasturlari orqali tekshirib borish. 

Yodda tuting! Bank xodimlari hech qachon SMS-kodlar, bank karta ma’lumotlari yoki shaxsiy hujjatlarga oid ma’lumotlarni so‘ramaydi.

Shubhali holatlar yuzaga kelganda, shuningdek, telefon yoki mobil ilovaga kirish imkoniyati yo‘qolgan taqdirda, darhol bank Aloыa markaziga murojaat qiling.

Qo‘llab-quvvatlash xizmati: +998 71 200 43 43

Qisqa raqam: 1180

Ma’lumotlaringiz va pul mablag‘laringiz xavfsizligini asrang. Yangi yil bayrami siz uchun osoyishta va xotirjam o‘tsin!






Boshqa yangiliklar

04/03/2026 02:07:22 pm
«Universal hamkor ipoteka» va «Yangi Toshkent» ipoteka kredit mahsulotlari shartlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Hurmatli mijozlar! Sizga shuni ma’lum qilamizki, «Universal hamkor ipoteka» va «Yangi Toshkent» ipo ...

04/02/2026 05:45:31 pm
Ria Money Transfer xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha tariflar o‘zgarmoqda

Hurmatli mijozlar! Shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 1-apreldan boshlab Ria Money Transfer tizimi or ...

04/01/2026 05:54:51 pm
1-apreldan 1-sentabrgacha Uzcard Moment — bepul

Hurmatli mijozlar! Shuni ma’lum qilamizki, 2026-yil 1-apreldan 1-sentabrgacha Uzcard Moment kartasi ...


Oxirgi yangilanish sanasi: 29.12.2025 19:20  
up
DEMO
close
Давайте поговорим!
close
send
arrow-left
Недавние чаты
close
История
FAQ
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
Сегодня
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
  • Автокредит
logo